Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Ramazon oyida boshqa yurtga ko‘chish
Fatvo: 1277

O'qildi: 182

07.09.2025

/ 15 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazon oyida boshqa yurtga ko‘chish

Savol

Ramazon oyida bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tgan musulmon ikki mamlakatda ro‘zaning boshlanishi farq qilsa nima qilishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar kishi aholisi ro‘za tutayotgan mamlakatga borib qolsa, u ham ular bilan birga ro‘za tutishi lozim. Chunki bunday vaziyatda o‘sha mamlakatga borgan kishining hukmi mamlakat aholisining hukmi bilan bir xil bo‘ladi:

عَنْأَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الصَّوْمُ يَوْمَ تَصُومُونَ، وَالْفِطْرُ يَوْمَ تُفْطِرُونَ، وَالْأَضْحَى يَوْمَ تُضَحُّونَ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Ro‘za – sizlar ro‘za tutgan kunda, Fitr hayiti – sizlar hayit qilgan kunda, Qurbon hayiti – sizlar qurbonlik qilgan kundadir» (Termiziy, 697; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Irvoul g’alil», 4,13). Bu hadisni Abu Dovud ham ishonchli isnod bilan rivoyat qilgan, shuningdek, boshqa ishonchli rivoyatlar ham mavjud.

Faraz qilaylik, agar kishi oʻzi ro‘za tutishni boshlagan mamlakatdan boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, ro‘zani tugatish yoki davom ettirish hukmi oʻsha ko‘chib borgan mamlakatning hukmi bilan bir xil bo‘ladi. Shuning uchun, garchi u ko‘chib kelgan mamlakatda ro‘zani oldinroq ochishsa ham, u ular bilan birga og‘iz ochishi kerak. Biroq, agar u yigirma to‘qqiz kundan kam ro‘za tutgan bo‘lsa, bir kunni qazo qilib tutishi kerak, chunki Ramazon oyi yigirma to‘qqiz kundan kam bo‘lmaydi (Doimiy qo‘mita fatvolari, 10/124).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?
  • Shavvolning olti kunini zulqa’dada qazo qilish joizmi?

    Bir ayol Shavvol oyining olti kunidan to‘rttasini tutdi, so‘ngra Shavvolning oxirida hayz ko‘rdi va olti kunni tugata olmadi. Qolgan ikki kunini Shavvoldan keyin tutib, olti kunga yetkazib qoʻysa boʻladimi?