O'qildi: 43
Sentabr 3, 2025
/ 11 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Yangi oyni koʻrish
Savol
Yangi oyni oddiy ko‘z bilan o‘ttiz soatdan oldin ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ba’zan ob-havo sharoiti tufayli uni ko‘rish umuman imkonsiz bo‘ladi. Shu sababli, yangi oyning taxminiy sanasini va Ramazon oyining boshlanishini aniqlash uchun astronomik ma’lumotlardan foydalanish joizmi yoki muborak Ramazon ro‘zasini boshlashdan avval yangi oyni ko‘rishimiz shartmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Hilolni ko‘rishda kuzatish qurilmalaridan foydalanish joiz, ammo muborak Ramazon oyining boshlanishi yoki Ro‘za hayitini aniqlashda astronomik hisob-kitoblarga tayanish joiz emas. Chunki Alloh bizga O‘z Kitobida yoki Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallamning sunnatida buni buyurmagan.
Aksincha, U Ramazonning boshlanishi va tugashini oyning boshida Ramazon hilolini, oxirida esa Shavvolning hilolini ko‘rish va Ramazon hayiti namoziga jamlanishni shariat qilgan. Alloh taolo hilollarni – yangi oylarni insonlar va haj uchun vaqt o‘lchovi qilgan.
Shu bois, musulmon kishi Ramazon ro‘zasi, hayit bayramlari, Baytullohni haj qilish, bilmay qotillik qilgan odamning kafforati, zihor kafforati va shunga o‘xshash ibodatlarni qamariy oydan boshqa narsa bilan belgilashi joiz emas.
Alloh taolo aytadi:
«Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin» (Baqara: 185).
Alloh taolo yana aytadi:
«Sizdan hilollar — yangi chiqqan oylar haqida so‘rashadi. Ayting: u (oylar) odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir» (Baqara: 189).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam [yoki Abulqosim sollallohu alayhi vasallam] dedilar: «Uni (hilolni) ko‘rib, ro‘za tutinglar va uni ko‘rib, ro‘zani ochinglar. Agar sizlarga bilinmay qolsa, Sha’bonning adadini o‘ttiztaga yetkazinglar» (Sahihi Buxoriy, 1909).
Shunga ko‘ra, kimki hilolni oy chiqadigan joyda ko‘rmasa, havo ochiq yoki bulutli bo‘lishidan qat’i nazar, sanoqni (ya’ni sha’bon oyining hisobini) o‘ttiztaga yetkazishi lozim. («Doimiy Qo‘mita fatvolari», 10/100)
Bu hukm hilol boshqa joyda ko‘rinmagan holatga taalluqlidir. Agar hilolni boshqa joyda shariatga muvofiq kuzatilgani tasdiqlansa, ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular ham ro‘za tutishlari lozim bo‘ladi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?