O'qildi: 114
31.08.2025
/ 8 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Odob-axloq va maʼnaviyat
Savol
«Men bor kuchimni sarfladim, qolgani Allohga havola» iborasi qanchalik to‘g‘ri?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu ibora noto‘g‘ri, chunki u inson dastlab o‘ziga tayanganini anglatadi. Buning o‘rniga: «Men harakat qildim va Allohdan madad so‘rayman» deyishi to‘g‘riroq bo‘ladi. «Men bor kuchimni sarfladim, qolgani Allohga havola», deyish ham biz aytgan ma’noni, ya’ni qo‘limdan kelganini qildim, qolganini Allohga topshirdim, qo‘limdan kelmagani Allohga havola, degan fikrni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu iboraning o‘zi aslida xato. Shuning uchun: «Men harakat qildim va Allohdan yordam so‘rayman», deyish ma’qulroq.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?