Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Avratdagi tuklarini olmagan kishining namozi
Fatvo: 1177

O'qildi: 400

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Avratdagi tuklarini olmagan kishining namozi

Savol

Avrat qismidagi tuklarini bir oydan beri olmagan kishining namozi qabul bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Avrat qismidagi tuklarni olish fitrat sunnatlaridandir va uni qirq kundan ortiq muddatga qoldirish to‘g‘ri emas, chunki bundan qaytarilgan sahih hadis bor.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ أَنَسٌ: «وُقِّتَ لَنَا فِي قَصِّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمِ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفِ الْإِبْطِ، وَحَلْقِ الْعَانَةِ أَنْ لَا نَتْرُكَ أَكْثَرَ مِنْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz uchun mo‘ylabni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq tuklarini yulish va qovuq tukini qirish muddatini qirq kechadan oshirmaslik belgilandi» (Sahihi Muslim, 258).

Ammo qirq kundan ko‘proq vaqt o‘tsa ham, bu namozning sahihligiga ta’sir qilmaydi. Aksincha, bunday deyish shariat hukmlarini bilmaslikdan kelib chiqadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Hayit kuni juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, qanday tartibda oʻqiladi?

    Ramazon yoki Qurbon hayiti bilan haftaning juma kuni jamlanib qolsa, hayit namoziga hozir bo‘lgan kishiga juma namozi vojib bo‘ladimi yoki hayit namozi bilan kifoyalanib, juma o‘rniga peshin o‘qiydimi? Masjidlarda peshin namoziga azon aytiladimi yoki yo‘qmi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?