Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Rofiziylarga zakot berish hukmi
Fatvo: 1148

O'qildi: 51

Avgust 7, 2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Rofiziylarga zakot berish hukmi

Savol

Ahli sunnaning molidan kambag‘al rofiziylar (shialar)ga zakot berishning hukmi qanday? Zakot tarqatish vazifasi yuklatilgan musulmon kambag‘al rofiziyga zakot bersa, zimmasidan soqit bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ulamolar o‘z asarlarida zakot oluvchilar bobida zakot kofirga ham, bid’atchiga ham berilmasligini zikr qilganlar. Rofiziylar esa to‘rt sababga ko‘ra shubhasiz kofirlardir:

Birinchisi: Ular Qur’onni inkor etib, uning uchdan ikki qismidan ko‘pi tushirib qoldirilganini da’vo qilishadi. Bu haqda ularning al-Nuriy ismli olimlari yozgan «Faslul-xitob fi isboti tahrifi kitobi rabbil-arbob» (Rabbul-arbobning kitobi o‘zgartirilganini isbotlash haqidagi qat’iy so‘z) nomli kitobida, shuningdek «Al-Kofiy» va boshqa kitoblarida aytilgan. Qur’onga ta’na qilgan kishi Alloh taoloning quyidagi so‘zini yolg‘onga chiqargan kofirdir:

﴿إِنَّا نَحۡنُ نَزَّلۡنَا ٱلذِّكۡرَ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَـٰفِظُونَ﴾

«Albatta, bu eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va shubhasiz, O‘zimiz uni saqlaguvchimiz» (Hijr: 9).

Ikkinchisi: Ular sunnat va sahih hadislarni inkor qilib, ularga amal qilmaydilar. Chunki bu hadislar sahobalar tomonidan rivoyat qilingan bo‘lib, ular esa sahobalarni kofir deb hisoblashadi. Ularning aqidasiga ko‘ra, Ali, uning avlodlari, Salmon, Ammor roziyallohu anhum va boshqa ba’zi sahobalar mustasno, qolgan barcha sahobalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so‘ng kofir bo‘lishgan. Shuningdek, ularning fikricha uch xalifa va ularga bay’at qilgan sahobalarning koʻpchiligi murtad bo‘lishgan, shu bois ularni ham kofir deyishadi. Shuning uchun ular sahobalarning hadislarini qabul qilmaydilar. Bularning barchasi shialarning «Al-Kofiy» kitobi va boshqa risolalarida mavjud.

Uchinchisi: Ular ahli sunnani kofirga chiqaradilar. Shialar sunniylar bilan birga namoz o‘qimaydilar. Shuningdek, sunniy imomga iqtido qilib namoz o‘qigan kishi namozini qayta o‘qishi kerak, deb hisoblashadi. Sunniylarni hatto nopok deb e’tiqod qilishadi. Agar biz bilan qo‘l berib ko‘rishsa, undan keyin qo‘llarini yuvadilar. Shunday ekan, musulmonlarni kofirga chiqargan kishilarning oʻzlari kofirlikka loyiqroqdir. Ular bizni kofir deb bilganidek, biz ham ularni kofir deb bilamiz va bunga haqliroqmiz.

To‘rtinchisi: Ular Ali roziyallohu anhu va u kishining zurriyotlari masalasida haddan oshib, shirk keltiradilar, Alloh bilan birga ularga ham duo-iltijo qiladilar. Bu ularning kitoblarida aniq ko‘rsatilgan. Shuningdek, ular haddan oshib, olamlar Rabbisi Allohgagina munosib bo‘lgan sifatlar bilan Ali roziyallohu anhuni sifatlaydilar. Buni biz ularning ovozli darslarida ham eshitganmiz.

Bundan tashqari, ular ahli sunna jamoalariga qo‘shilmaydilar, ahli sunna kambag‘allariga xayr-ehson qilmaydilar. Agar shunday qilsalar ham, bu yashirin adovat tufayli bo‘lib, taqiya (oʻz e’tiqodini yashirish) maqsadida amalga oshiriladi.

Binobarin, kim shialarga zakot bergan boʻlsa, ushbu zakotni qayta chiqarib, haqli insonlarga berishi lozim, chunki u zakotni kufrni qo‘llab-quvvatlash va sunnatga qarshi kurashish uchun ishlatadigan kishilarga bergan. Zakot taqsimlash vazifasi topshirilgan shaxsga uni rofiziyga berish man etiladi. Agar u shunday qilsa, zimmasidagi majburiyatdan ozod bo‘lmaydi va buning uchun zakotni qayta o‘tashi kerak, chunki u zakotga haqli bo‘lganlarga nisbatan o‘z ishonchini oqlamagan hisoblanadi.

Kimda-kim bu masalada shubhaga borsa, shialarga qarshi yozilgan raddiya kitoblarini o‘qisin, masalan, Qafforiyning ularning mazhabini fosh etgan kitobi, Xatibning «Al-Xututul-ariza» kitobi va Ehson Ilohiy Zahirning shu mavzudagi risolasi va boshqa asarlarni.

Muvaffaqiyat Allohdandir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakot pulidan yetimlarning mulkini ta’mirlash

    Men bir necha yil oldin otasi vafot etgan yetimlarning vasiysiman. Ularning oylik nafaqa daromadi taxminan 1000 dollar atrofida. Yillar davomida ular uchun katta miqdorda pul, jumladan zakotdan 40 ming dollarga yaqin mablagʻ yig‘dim. Endi ularga zakot olishdan to‘xtashim kerakmi? Qo‘limdagi zakot pulini nima qilsam bo‘ladi? Agar ularning ko‘chmas mulk fondidan ipoteka krediti bo‘yicha 64 ming dollar qarzi bo‘lsa, marhumning qarzini uzish uchun bu mablag‘ni to‘lashim joizmi? Shahar ma’muriyatidan olingan yerlari bo‘lsa, shu mablag‘lardan foydalanib atrofiga devor qurishimiz joizmi yoki yo‘qmi?
  • Xayriya fondi pulidan zakot beriladimi?

    Bir guruh odamlar uyushma tashkil etishgan bo‘lib, unda har bir erkak a’zo, yoshidan qat’i nazar, har yil boshida yuz dollar miqdorida a’zolik badali to‘laydi. Bu mablag‘ni ayrim shaxslarning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan xun to‘lovlari va boshqa baxtsizliklar uchun jamg‘arishadi. Agar bu mablag‘ bir yil davomida to‘plansa, undan zakot berish majburiy bo‘ladimi?
  • Muhtoj kishining qarzidan zakot beriladimi?

    Muhtoj kishi ko‘p yillar davomida qarzdor bo‘lib qolsa, uning qarzi uchun zakot to‘lash hukmi qanday? To‘lashga qodir bo‘la turib, to‘lashni kechiktirayotgan kishining qarzi bo‘yicha zakot to‘lash hukmi qanday? Boyligi ma’lum bo‘lgan va qarzini uzishga qat’iy ahd qilgan kishiga berilgan qarzning hukmi qanday, agar qarz berilganidan bir yil o‘tgan bo‘lsa?
  • Zakot berishdan bosh tortgan kishi vafot etsa, uning holi ne kechadi?

    «La ilaha illalloh» (Allohdan oʻzga haq iloh yo‘qligi)ga guvohlik berib, namoz o‘qiydigan, ammo zakot bermagan va bu amalni tan olmagan kishining hukmi qanday? Agar u vafot etsa, Islomdagi hukmi qanday, uning janozasi o‘qiladimi yoki yo‘qmi?
  • Stipendiyadan zakot beriladimi?

    Men Yaponiyada o‘qiyotgan va hukumatdan stipendiya olayotgan indoneziyalik talabaman. Menga zakot vojibmi?
  • Gumonli qarzning zakoti

    Bir kishining ba’zi aka-ukalari va tanishlariga qarzga bergan pullari bor. U bu pulni qaytarib olishi yoki ololmasligi noma’lum. U bu puldan zakot berish vojibmi-yo‘qmi, deb so‘ramoqda.