Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Xayriya fondi pulidan zakot beriladimi?
Fatvo: 1533

O'qildi: 162

07.10.2025

/ 15 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Xayriya fondi pulidan zakot beriladimi?

Savol

Bir guruh odamlar uyushma tashkil etishgan bo‘lib, unda har bir erkak a’zo, yoshidan qat’i nazar, har yil boshida yuz dollar miqdorida a’zolik badali to‘laydi. Bu mablag‘ni ayrim shaxslarning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan xun to‘lovlari va boshqa baxtsizliklar uchun jamg‘arishadi. Agar bu mablag‘ bir yil davomida to‘plansa, undan zakot berish majburiy bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar vaziyat yuqorida tasvirlanganidek bo‘lsa va bu yig‘ilgan mablag‘lar ehson qiluvchilarga ularning hissalariga mutanosib ravishda qaytarilmasa, balki ehson qilinishi bilan ularning shaxsiy mulki sifatida hisoblanmay qo‘ysa hamda bu mablag‘lar faqat ko‘zlangan xayriya maqsadi uchun sarflansa, zakot berish vojib bo‘lmaydi. Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Fitr zakotini chiqarish vaqti

    Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?
  • Fitr zakotini pul bilan chiqarish

    Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?
  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • Uy olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz, ammo uyning o‘zidan farz emas

    Nima uchun yashash uchun mo‘ljallangan uydan zakot berish farz bo‘lmaydi-yu, uy sotib olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz bo‘ladi? Bu holatda zakot olinmasligi avloroq emasmi? Ya’ni, bir kishi ijarada yashaydi va uy sotib olish uchun kundan kunga pul jamg‘aradi, agar uning puli nisobga yetib, bir yil o‘tsa, undan zakot vojib bo‘ladi. Holbuki, oʻzining uyi boʻlgan, unda yashayotgan kishiga hech narsa vojib emas? Axir hukmlarning sabablari bor emasmi?
  • Tijoratda aylanmada boʻlgan pullarning zakoti

    Menda ma’lum miqdorda pul bor, uning umumiy miqdori zakot nisobidan oshadi. Bu pulning bir qismini tijoratga qo‘ydim. Bu yilgi zakotni hisoblaganda, hali tijoratdan qaytarib olmagan bo‘lsam ham, bu pulni qo‘shishim kerakmi, yoki hozir qo‘limda bor pulga asoslanib zakotni hisoblashim yetarlimi?