Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Zakot pulidan yetimlarning mulkini ta’mirlash
Fatvo: 1816

O'qildi: 197

25.10.2025

/ 3 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

Zakot pulidan yetimlarning mulkini ta’mirlash

Savol

Men bir necha yil oldin otasi vafot etgan yetimlarning vasiysiman. Ularning oylik nafaqa daromadi taxminan 1000 dollar atrofida. Yillar davomida ular uchun katta miqdorda pul, jumladan zakotdan 40 ming dollarga yaqin mablagʻ yig‘dim. Endi ularga zakot olishdan to‘xtashim kerakmi? Qo‘limdagi zakot pulini nima qilsam bo‘ladi? Agar ularning ko‘chmas mulk fondidan ipoteka krediti bo‘yicha 64 ming dollar qarzi bo‘lsa, marhumning qarzini uzish uchun bu mablag‘ni to‘lashim joizmi? Shahar ma’muriyatidan olingan yerlari bo‘lsa, shu mablag‘lardan foydalanib atrofiga devor qurishimiz joizmi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan, ularning o‘zlari yetarli mablag‘ga ega bo‘lganlari uchun ular uchun zakot yig‘ishingiz joiz emas. Zakot yetimlarga emas, faqir va miskinlarga beriladi. Yig‘gan zakotingizni agar egalarini tanisangiz, ularning oʻzlariga qaytarishingiz kerak. Agar tanimasangiz, zakot niyati bilan u kishilarning nomidan zakotga haqli kishilarga tarqating, chunki siz bu pullarni zakot niyatida olgansiz.

Nafaqa jamg‘armalariga kelsak, oʻzingiz eng toʻgʻri deb hisoblagan ishni qiling. Bu haqda Alloh taolo shunday degan:

﴿وَلَا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُ ۚ وَأَوْفُوا بِالْعَهْدِ ۖ إِنَّ الْعَهْدَ كَانَ مَسْئُولًا۝٣٤﴾

«Yetimning moliga to u balog‘at yoshiga yetgunicha yaqinlashmanglar, magar eng chiroyli yo‘sinda (unga biron ziyon yetkazmasdan yaqinlashinglar — tasarruf qilinglar). Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd-paymon (Qiyomat Kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Isro: 34).

Ko‘chmas mulkni rivojlantirish jamg‘armasidan olingan kreditga kelsak, bu uzoq muddatli va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan kredit ekanligini bilasiz. Shuning uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashda davom eting. Marhum bu qarz uchun javobgar emas, faqat uning vafotidan oldin to‘lanishi kerak bo‘lgan, ammo to‘lanmagan qism bo‘lsa, shundagina qarz uning zimmasida qoladi. Vafot etgan kishi o‘limidan keyin to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlardan ozod etiladi, chunki bu qarzlar mulkning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Mulk merosxo‘rlarga o‘tgani uchun ular to‘lovlar uchun javobgardirlar. Buning uchun zakot pullarini ishlatmang, chunki ularning o‘zlari to‘lash uchun yetarli mablag‘ga egadirlar.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi

    Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi qancha? Qog‘oz valyutalardagi nisobni baholash oltin nisobiga asoslanadimi yoki kumush nisobiga?
  • G‘ayridin tilanchiga sadaqa berish hukmi

    Agar g‘ayridin kishi umumiy yo‘lda tilanchilik qilsa, unga pul berish joizmi?
  • Fitr zakotini chiqarish vaqti

    Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?
  • Fitr zakotini pul bilan chiqarish

    Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?