Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar
Fatvo: 1108

O'qildi: 572

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

Savol

Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الْأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالْأَغْلَالَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَالَّذِينَ آمَنُوا بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُوا النُّورَ الَّذِي أُنْزِلَ مَعَهُ ۙ أُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ۝١٥٧﴾

«Ular shunday kishilardirki, ummiy (o‘qish-yozishni bilmagan) payg‘ambarga — nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topishadigan — elchimizga (Muhammadga) ergashadilar. U payg‘ambar ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni ular uchun halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ulardan yuklarini va ustlaridagi kishanlarini olib tashlaydi (ya’ni, Islom dinidan avvalgi dinlarda bo‘lgan og‘ir, mashaqqatli ibodatlarni olib tashlab, ularning o‘rniga oson va yengillarini keltiradi). Bas, unga iymon keltirgan, uni ulug‘lab, unga yordam qilgan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (ya’ni, Qur’onga) ergashgan zotlar — ana o‘shalargina najot topguvchilardir» (A’rof: 157).

Qurtubiy rahimahulloh bu oyatni tafsir qilib aytadi: «Alloh taoloning «ummiy» so‘zi haqida Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ummiy edilar, o‘qishni ham, yozishni ham, hisoblashni ham bilmas edilar».

Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَا كُنْتَ تَتْلُو مِنْ قَبْلِهِ مِنْ كِتَابٍ وَلَا تَخُطُّهُ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًا لَارْتَابَ الْمُبْطِلُونَ۝٤٨﴾

«Siz (o‘zingizga Qur’on nozil qilinishidan) ilgari biron kitobni tilovat qilmas edingiz va o‘z qo‘lingiz bilan xat ham yozmas edingiz. Aks holda buzg‘unchi kimsalar albatta shubhaga tushgan bo‘lur edilar» (Ankabut: 48).

Ibn Kasir rahimahulloh bu so‘nggi oyatning tafsirida aytadi: «Alloh taoloning Muhammad sollallohu alayhi va sallamga: «Siz ilgari biron kitobni tilovat qilmas edingiz va o‘z qo‘lingiz bilan xat ham yozmas edingiz» degani, ya’ni siz bu Qur’onni keltirishdan oldin o‘z qavmingiz orasida uzoq vaqt davomida kitob o‘qimay, yozishni bilmay yashadingiz. Aksincha, qavmingiz va boshqalar sizning ummiy ekaningizni, o‘qish-yozishdan bexabar ekaningizni bilardi. U zot oldingi kitoblarda ham shunday ta’riflangan, Alloh taolo aytganidek:

﴿الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الْأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنْكَرِ﴾

«Ular shunday kishilardirki, ummiy (oʻqish-yozishni bilmaydigan) payg‘ambarga — nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topishadigan — elchimizga (Muhammadga) ergashadilar. U payg‘ambar ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi» (A’rof: 157). Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qiyomat kunigacha shunday bo‘lib keldilar. U zot oʻqiy olmas, o‘z qo‘llari bilan hatto bir satr yoki harf ham yozolmasdilar. U kishining vahiyni va turli mintaqalarga yuboriladigan maktublarni yozadigan kotiblari bor edi.

Alloh taoloning: «Siz ilgari tilovat qilmas edingiz» oyatiga kelsak, ya’ni o‘qimagan edingiz, «biron kitobni» deyishi esa inkorni alohida ta’kidlash uchundir. Oyatdagi «o‘z qo‘lingiz bilan xat ham yozmas edingiz» degani ham ta’kidlash uchundir… Alloh taoloning «Aks holda buzg‘unchi kimsalar albatta shubhaga tushgan bo‘lur edilar» degani, ya’ni agar siz yozishni bilganingizda, ba’zi johil odamlar shubhalanib: «U bu bilimlarni o‘zidan oldingi payg‘ambarlarning kitoblaridan o‘rganib oldi», deyishgan bo‘lar edi. Garchi ular Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummiy boʻlganlari, oʻqish-yozishdan bexabar ekanliklarini bilsalar-da,

﴿وَقَالُوۤا۟ أَسَـٰطِیرُ ٱلۡأَوَّلِینَ ٱكۡتَتَبَهَا فَهِیَ تُمۡلَىٰ عَلَیۡهِ بُكۡرَةࣰ وَأَصِیلࣰا﴾

«Yana ular: «(Bu) avvalgilardan qolgan afsonalardir (Muhammad) ularni ko‘chirib olgan. Bas, (bu afsonalar birovlar tomonidan) unga erta-yu kech o‘qib berilur», dedilar» (Furqon: 5).

Alloh azza va jalla aytadi:

﴿هُوَ الَّذِي بَعَثَ فِي الْأُمِّيِّينَ رَسُولًا مِنْهُمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِنْ كَانُوا مِنْ قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُبِينٍ۝٢﴾

«U (Alloh) omiylar (ya’ni, ahli kitob bo‘lmagan ilmsiz kishilar) orasiga o‘zlarida bo‘lgan, ularga (Qur’on) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob — Qur’on va Hikmat — Hadisni o‘rgatadigan bir payg‘ambarni (ya’ni, Muhammad alayhis-salotu vas-salomni) yuborgan Zotdir. Shak-shubhasiz, ular (o‘zlariga payg‘ambar kelishdan) ilgari ochiq zalolatda edilar» (Jum’a: 2).

Qurtubiy rahimahulloh bu oyatning tafsirida aytadi: «Aytilishicha, «omiylar» – yozishni bilmaydigan kishilardir. Quraysh qabilasi ham shunday edi. Mansur Ibrohimdan rivoyat qilib aytadi: «Ummiy – o‘qiydigan, ammo yozishni bilmaydigan kishidir».

Oyatda «O‘zlaridan bo‘lgan payg‘ambar» deb Muhammad sollallohu alayhi va sallam nazarda tutilgan… U kishi ummiy edilar, kitob o‘qimagan va ta’lim olmagan edilar, sollallohu alayhi va sallam.

Movardiy aytadi: «Agar: «Ummiy payg‘ambar yuborilganiga shukr qilishning sababi nima?» deb so‘rasalar, bunga uch jihatdan javob beriladi:

Birinchisi: Bu oldingi payg‘ambarlarning bashoratlariga mos kelgani uchun.

Ikkinchisi: Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning holatlari boshqa paygʻambarlarning holatiga o‘xshash bo‘lgani va bu jihatdan ularga yaqin boʻlishlari uchun.

Uchinchisi: U zot da’vat qilgan kitob va aytgan hadislar haqida «boshqalardan o‘qib o‘rgangan» degan yomon shubhalar tug‘ilmasligi uchun».

Biz aytamizki: Bularning barchasi u zotning mo‘jizalari va haqiqiy payg‘ambar ekanliklarining isbotidir».

Qurtubiy rahimahulloh tafsiridan olingan xulosaning yakuni.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Sichqonni o‘ldirish hukmi va mikki maus shaxsiyatiga sharh

    Sichqonni o‘ldirishning shar’iy hukmi qanday?
  • Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati

    Nega musulmon kishi aksa urgandan keyin «Alhamdulillah» deydi?
  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?