Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas
Fatvo: 1037

O'qildi: 474

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

Savol

Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ibn Qudoma rahimahulloh aytgan: «Kofirlarning nikohlari sahihdir, agar ular Islomga kirsalar, nikohlari saqlanib qoladi. Ularning nikoh shakli va uslubiga e’tibor berilmaydi va musulmonlarning nikoh shartlari – valiy (vakil), guvohlar, ijob va qabul kabi shartlar ularga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bu borada musulmon ulamolari orasida ixtilof yo‘q. Ibn Abdulbarr aytgan: « Olimlar bir ovozdan shunday xulosaga kelishgan: agar er-xotin birga Islomga kirsa, ular o‘rtasida qon-qarindoshlik yoki emizish munosabati bo‘lmasa, ularning nikohi o‘z kuchida qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida ko‘plab insonlar va ularning ayollari Islomga kirgan, ularning nikohlari esa tan olingan. Rasululloh ulardan nikohning shartlari yoki shakli haqida so‘ramaganlar. Bu narsa tavotur va zaruriyat bilan ma’lum bo‘lib, shubhasizdir…» («Al-Mug‘niy» kitobidan).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?