Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Shahvatni kuchaytiradigan taomlar
Fatvo: 1025

O'qildi: 282

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Shahvatni kuchaytiradigan taomlar

Savol

Men Londonda yashaydigan bo‘ydoq yigitman. Insonda jinsiy istakni qo‘zg‘atishga yordam beradigan taomlar haqida bilmoqchiman?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sizga Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ovqat haqidagi vasiyatlariga amal qilishni tavsiya etamiz.

عَنْ الْمِقْدَامِ بْنِ مَعْدِ يكَرِبَ، يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَا مَلَأَ آدَمِيٌّ وِعَاءً شَرًّا مِنْ بَطْنٍ، حَسْبُ الْآدَمِيِّ، لُقَيْمَاتٌ يُقِمْنَ صُلْبَهُ، فَإِنْ غَلَبَتِ الْآدَمِيَّ نَفْسُهُ، فَثُلُثٌ لِلطَّعَامِ، وَثُلُثٌ لِلشَّرَابِ، وَثُلُثٌ لِلنَّفَسِ»

Miqdom ibn Ma’diy Karib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: «Inson qornidan yomonroq idishni to‘ldirmaydi, odam bolasiga belni qoim qiladigan kichik luqma kifoyadir. Agar nafsi ustun kelsa, bas, qorinning uchdan biri taom, biri suv va qolgani nafas uchun (ajratsin)» (Ibn Moja, 3340; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Sunani Ibn Moja», 2704).

Shu bois ba’zi ulamolar bu hadisni nafsni jilovlash mavzusi ostida keltirishgan.

Sizga Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so‘zlariga amal qilgan holda ko‘proq ro‘za tutishni tavsiya qilamiz.

عَنْ عَلْقَمَةَ قَالَ: «كُنْتُ مَعَ عَبْدِ اللهِ فَلَقِيَهُ عُثْمَانُ بِمِنًى، فَقَالَ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ، إِنَّ لِي إِلَيْكَ حَاجَةً، فَخَلَيَا فَقَالَ عُثْمَانُ: هَلْ لَكَ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ فِي أَنْ نُزَوِّجَكَ بِكْرًا تُذَكِّرُكَ مَا كُنْتَ تَعْهَدُ؟ فَلَمَّا رَأَى عَبْدُ اللهِ أَنْ لَيْسَ لَهُ حَاجَةٌ إِلَى هَذَا أَشَارَ إِلَيَّ فَقَالَ: يَا عَلْقَمَةُ، فَانْتَهَيْتُ إِلَيْهِ وَهُوَ يَقُولُ: أَمَا لَئِنْ قُلْتَ ذَلِكَ، لَقَدْ قَالَ لَنَا النَّبِيُّ : يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ؛ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ».

 

Alqamadan rivoyat qilinadi: «Abdulloh bilan birga edim. Minoda uni Usmon uchratib qoldi va: «Ey Abu Abdurrahmon, senda ishim bor», dedi. Ikkovi xoli qolishdi. Usmon: «Ey Abu Abdurrahmon, seni biror bokiraga uylantirib qo‘yaylikmi? Senga yoshligingni eslatardi», dedi. Abdulloh o‘zini bunga ehtiyoji yo‘q deb bilib, menga ishora qilib, «Alqama!» deb chaqirdi. Oldiga yetib borsam, (Usmon Abdullohga) «Sen shunday deysan-u, Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga: «Ey yoshlar! Sizdan kim oila qurishga qodir bo‘lsa, uylansin. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za lozimdir, mana shu uning uchun axtalanish (shahvatlarni tiyish) sanaladi», deganlar», deyayotgan ekan» (Sahihi Buxoriy, 5065).

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ro‘za tutishni buyurganlar, ammo o‘zini och qoldiradigan darajada emas. Siz Alloh taoloning nigohni pastga qaratish, ayollar bilan aralashadigan joylardan uzoq turish kabi amrlariga rioya qilishingiz kerak. Agar uylanishga qodir bo‘lsangiz, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuqoridagi buyruqlariga binoan, uylanishga shoshiling.

Oziq-ovqatlarning ta’siri haqida esa mutaxassislar va parhez bo‘yicha shifokorlar yozgan kitoblarga murojaat qilishingiz mumkin.

Alloh muvaffaqiyat beruvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?