Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Majburlikda eriga kredit kartasi olib bergan ayol
Fatvo: 665

O'qildi: 379

03.07.2025

/ 8 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Majburlikda eriga kredit kartasi olib bergan ayol

Savol

Assalomu alaykum, mening savolim quyidagicha: Mashina ijaraga olishim kerak bo‘lgani uchun kredit kartasi uchun ariza bergan edim. Men juda ehtiyotkor bo‘lib, har oyda to‘lay oladigan miqdordangina foydalanardim, toki foiz to‘lamaslik uchun. Bir paytlar qiyinchilik tufayli butun hisobni to‘lay olmadim va bu foiz yig‘ilishiga olib keldi. Bir necha oydan so‘ng erimning yordami bilan uni to‘lashga muvaffaq bo‘ldim, u ham vaqti-vaqti bilan kartadan foydalangan edi. Qarzni to‘lagandan so‘ng erimga yana shu ahvolga tushib qolmaslik uchun kartadan qutulmoqchi ekanligimni aytdim. Biroq erim o‘zining nomiga karta olishim uchun ariza topshirishimni xohladi, chunki men o‘zimnikidan voz kechmoqchi edim. Uning ilgari ikkita kredit kartasi bo‘lgan, ammo undagi qarzlarini to‘lay olmagan edi. U juda g’azablanib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.Qulogʻim tinchishi uchun unga karta olib berdim. U agar to‘lay olmasa, o‘zi javobgar bo‘lishini ham aytdi. Men kartadan umuman foydalanmaganman, lekin so‘nggi 6 oy davomida u to‘liq qoldiqni to‘lay olmadi, shu sababli foiz yig‘ilmoqda. Savolim shuki, Alloh oldida bu karta uchun Allohning huzurida kim javobgar? Karta olib berganim uchun men mas’ulmanmi yoki mendan talab qilgani uchun uning oʻzi javobgar boʻladimi? Agar men mas’ul bo‘lsam, bu mablag‘larni to‘lash uchun nima qilishim kerak, erim mening ishlashimni xohlamaydi, o‘zi esa hatto eng kam to‘lovlarni ham qila olmayapti.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz eringiz bilan gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilib, unga ushbu foizli kredit kartasini olishda yordam berganingiz uchun Alloh subhanahu va taologa tavba qilishingiz kerak. Alloh taolo aytadi:

﴿وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰ ۖ وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ﴾

«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!» (Moyida: 2).

Garchi eringiz qattiq turib olgan bo‘lsa ham, siz unga bu kartani olishda yordam bermasligingiz va uning talabiga bo‘ysunmasligingiz va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam quyidagi so‘zlariga amal qilishingiz lozim edi:

عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، قَالَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا طَاعَةَ لِمَخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ»

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh azza va jallaga osiylik yoʻlida bandaga itoat qilinmaydi», dedilar» (Musnadi Ahmad, 1095; Sahihul jome’, 7520).

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?