Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Bir uyda yashash tufayli kelib chiqqan oilaviy nizo
Fatvo: 657

O'qildi: 269

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Bir uyda yashash tufayli kelib chiqqan oilaviy nizo

Savol

Men opam bilan bir uyda yashayman, lekin oramizdagi ishlar doimo janjal, nizo va urishish bilan yakunlanadi. Biz bir oilamiz va men boshqa joyga ko‘chib keta olmayapman. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolda orangizdagi kelishmovchiliklarning sababi aytilmagan, ammo nima boʻlgan taqdirda ham iloji boricha tortishuvlardan chetlanib, bir-biringiz bilan kamroq muloqot qilishingiz va ikkalangiz ham ibodat, shar’iy ilmlarni oʻrganish kabi oʻzingiz uchun foydali ishlar bilan shug‘ullanishingiz lozim. Shunga o‘xshash muammolarni boshdan kechirgan ko‘plab aka-uka va opa-singillar bor. Ular bir-biridan uzoqlashganda, oralarida yana muhabbat va do‘stlik qayta tiklangan. To Alloh taolo biringizni yoki ikkingizni teng nikohi bilan bu qiyinchilikni aritguncha, sabr-toqatli bo‘ling, qalbingizni keng qiling va bir-biringizning kamchiliklarini kechirishni o‘rganing. Hayot qanchalik uzoq bo‘lmasin, ayriliq muqarrardir. Shunday ekan, ayriliq yaxshilik uzra boʻlsin. Allohdan sizlarga to‘g‘ri yo‘l koʻrsatishini, orangizni isloh aylab, qalbingizni ulfat qilishini so‘raymiz.

Payg’ambarimizga Allohning salavot-u salomlari bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Grinkart olish uchun soxta nikoh qurish hukmi

    Amerikalik nasroniy ayol orqali «Yashil karta» (Greencard) olish uchun u bilan yashamasdan yoki xilvatda qolmasdan (faqat qog‘ozda) turmush qurishga ruxsat beriladimi? Men zikr qilingan tarzda turmush qurib, xotinning mamlakatiga borish, o‘z vatanimda yashaydigan ota-onamga yordam berish va o‘zim egallagan mutaxassislik (kompyuter dasturlash) bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish niyatidaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Xotinning sutini emish hukmi

    Emizikli xotinim bilan jinsiy aloqa qilayotganimda uning sutini ichib yubordim. Uning suti menga halolmi?
  • Musulmon kishining dinsiz ayolga uylanish hukmi

    Musulmon kishiga dinsiz kofira ayolga uylanish halolmi?
  • Aksirganda«alhamdulillah» deyish hikmati

    Nega musulmon kishi aksa urgandan keyin «Alhamdulillah» deydi?
  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.