Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Haj va umra masalalari » Ayolning mahramsiz safar qilishi » Ayol kishining mahramsiz safar qilishi haromligi va mahramlik shartlari
Fatvo: 317

O'qildi: 231

20.06.2025

/ 24 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Ayol kishining mahramsiz safar qilishi haromligi va mahramlik shartlari

Savol

Onam, inshaalloh, umra ibodatini ado etish uchun safar qilmoqchi. Ammo uning eri va aka-ukalari u bilan birga bora olmaydi. Amakisining oʻgʻli, u onamga qayni bo‘ladi, va opasining eri opasi bilan birga hajga ketmoqda. Onam umra amallarini bajarish uchun ular bilan birga safar qilishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom dini ayolni muhofaza qilish maqsadida unga mahram bilan safar qilishni vojib qilgan, toki u shahvatparast va tuban niyatli kishilardan himoyada boʻlishi, shuningdek, mashaqqatli safarda zaifligi sababli mahrami unga yordam berishi uchun. Shuning uchun ayolning mahramsiz safar qilishi joiz emas. Chunki Sahihi Buxoriyda kelgan hadisda:

 

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ : أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: «لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ وَلَا تُسَافِرَنَّ امْرَأَةٌ إِلَّا وَمَعَهَا مَحْرَمٌ فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا وَخَرَجَتِ امْرَأَتِي حَاجَّةً قَالَ: اذْهَبْ فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ».

 

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Er kishi ayol kishi bilan zinhor xoli qolmasin! Mahrami birga bo‘lmasa, ayol kishi zinhor safar qilmasin!» deyayotganlarini eshitibdi. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli, men falon-falon g‘azotga yozilgan edim, ayolim esa haj qilib yo‘lga chiqqan», debdi. U zot: «Bor, ayoling bilan haj qil», debdilar» (Sahihi Buxoriy, 3006).

 

Mahramning vojibligiga dalil shuki, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam bu kishiga, garchi u gʻazotlardan biriga yozilgan boʻlsa ham, jihodni tark etishni buyurdilar. Ayolning safari sayohat yoki shubhali safar uchun emas, aksincha, toat-ibodat boʻlgan haj uchun edi. Shunga qaramay Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam unga xotini bilan haj qilish uchun qaytishni buyurdilar.

 

Ulamolar mahramda beshta xislatni shart qilishgan:

  • Erkak boʻlishi;
  • Musulmon boʻlishi;
  • Balogʻatga yetgan boʻlishi;
  • Aqli-raso boʻlishi;
  • Ayolga nikohlanishi abadiy harom boʻlishi. Masalan ota, aka, amaki, togʻa, erning otasi, onaning eri, emikdosh aka-uka va shunga oʻxshashlar. Ammo vaqtinchalik harom boʻlgan kishilar bundan mustasno, masalan opa-singlisining eri, ammasining eri, xolasining eri).

Shunga koʻra, erining akasi, amakisining oʻgʻli yoki togʻasining oʻgʻli mahramlar qatoriga kirmaydi, shuning uchun ayolning ular bilan safar qilishi joiz emas.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qazo namozlar haqida

    Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?