Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Ichimlik ichish odobi
Fatvo: 831

O'qildi: 212

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Ichimlik ichish odobi

Savol

Men oltinchi sinfda Islom dinini o‘rganyapman va arablarning qahva ichish an’analari haqida tadqiqot loyiham bor. Bu mavzu bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olmoqchiman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

 

  • Qahva ichish odat bo‘lib, islom qonun-qoidalariga aloqador emas. Hatto qahvani me’yoridan ortiq iste’mol qilish inson salomatligiga zarar yetkazsa, Islom buni man etadi.
  • Islomda arab qahvasini ichishning maxsus marosimlari yo‘q va qahva ichish faqat musulmonlarga xos xususiyat emas, uni musulmon ham, g‘ayridin ham ichishi mumkin. Biroq, Islom shariatida umuman ichimlik iste’mol qilish borasida o‘ziga xos odob-axloq qoidalari mavjud. Ulardan ba’zilarini sanab oʻtamiz:
  1. O‘ng qo‘l bilan ichish;
  2. Ichishni boshlashdan oldin «Bismillah» deyish;
  3. Kamida uch qultum yoki undan ko‘proq ichish va butun ichimlikni bir nafasda ichib yubormaslik;
  4. Ichib bo‘lgach, Allohga hamd aytish;
  5. O‘tirgan holda ichish;
  6. Quyib beruvchi eng oxirida ichishi;
  7. Ichimlik uzatishda o‘ng tomondan boshlash;
  8. Kishi suv idishdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichmaslik, balki piyola yoki stakanga quyib ichish;
  9. Oltin va kumush idishlardan ichmaslik.

Aziz yigitcha, savol maʻlumotlarida o‘zingizni dinsiz deb tanishtirishingiz to‘g‘ri emas. Chunki Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam sizni Islom fitratida tug‘ilganingizni xabar berganlar. Bu holat yahudiylik, buddaviylik, nasroniylik yoki majusiylik kabi noto‘g‘ri e’tiqodlar ta’siriga tushmaguncha o‘zgarmaydi. Shunday ekan, o‘zligingiz, aslingizga qayting. Islom haqida o‘rganing va namozni ado eting. Ko‘rinib turibdiki, sizda haqiqatni anglash va uni hayotga tatbiq etish uchun yetarli aql-idrok bor.

Allohdan sizni hidoyat qilishini va qalbingizni Islomga ochishini so‘rayman.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?