Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 624481

O'qildi: 78

10.03.2026

/ 21 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

Savol

Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan:

Zakotni bir faqirga ma’lum muddat yetadigan, shundan so‘ng odamlardan so‘rashga majbur bo‘lmaydigan miqdorda berish joiz. Shuningdek, uni bir nechta mustahiq – zakot olishga haqli kishiga taqsimlash ham joizdir.

Bu yerdagi asosiy qoida odamlarning soniga emas, balki eng katta manfaaatga qarab ish tutishdir.

Zakot beruvchi bir necha kishining o‘ta muhtoj holda ekanini ko‘rishi mumkin. Bunday holda, u zakotni o‘sha kishilar o‘rtasida taqsimlab, ularni o‘ta qashshoqlikdan kifoya darajasiga olib chiqadi.

Yoki ular o‘rtasidagi tafovutni koʻrishi mumkin. Unda eng muhtojrog‘ini afzal biladi yoki unga boshqasiga nisbatan ikki barobar ko‘proq beradi, chunki e’tiborga olinadigani ehtiyoj darajasidir.

Biroq, agar mol-mulk ko‘p va yetarli bo‘lsa, uni ko‘proq kambag‘allarni qamrab oladigan qilib taqsimlashi mumkin va buning yuqorida aytilgan holatlarga hech qanday ziddiyati yo‘q.

Shayxulislom rahimahulloh aytganlar:

«Zakotni oladigan toifalar o‘rtasida teng taqsimlash vojib yoki mustahab boʻlishi mumkin emas. Aksincha, ehtiyoj va manfaatdan kelib chiqib beriladi» («Majmu’ul fatovo», 19/258).

Bu esa, afzallik mezoni shakliy tenglik yoki sonning ko‘pligi emas, balki manfaatga erishish ekanini ko‘rsatadi.

Shayx Ibn Usaymin rahimahullohdan so‘raldi:

«Bir kishining zakoti ming riyol bo‘lib, uni yuzta kambag‘alga bo‘lib berdi, natijada har biriga o‘n riyoldan tegdi. Shu afzalmi yoki o‘sha mablag‘ni bir-ikki kambag‘alga berib, ularni faqirlikdan qutqargan afzalmi?»

U kishi quyidagicha javob berdilar:

«Eng afzali – eng ko‘p manfaat keltiradiganidir. Agar odamlar orasida faqirlik keng tarqalgan bo‘lsa, shubhasiz, zakotni bir necha muhtojga taqsimlagan yaxshiroq. Ammo ehtiyoj hamma qatlamni qamrab olmagan bo‘lsa, uni bir yoki ikki kambag‘alga berib, ularning hojatini chiqarish afzalroqdir. Chunki o‘n riyol bizning zamonamizda hech narsa emas, lekin avvalgi zamonlarda uning salmog‘i va qimmati bor edi. Shu sababli, inson nima manfaatliroq ekaniga qarashi kerak» («Majmu’u fatovo va rasoil al-Usaymin», 18/354).

 

Ikkinchidan:

Savob masalasi xursand bo‘lgan odamlarning soniga emas, balki Alloh taolo uchun xolis boʻlishi va erishilgan manfaatning miqdoriga bog‘liqdir.

Gohida o‘ta muhtoj bir oilaga katta miqdorda pul berishning savobi ulkanroq bo‘lishi mumkin, chunki bu ularni katta bir mushkuldan xalos qiladi, qarzini uzishga yordam beradi, bemorini davolaydi, yoki turar-joy bilan ta’minlaydi.

Agar ehtiyoj umumiy bo‘lsa yoki mol-mulk bir kishini to‘la-to‘kis ta’minlashga yetmasa, uni ko‘proq odamlar orasida taqsimlagan yaxshiroq bo‘lishi mumkin.


Uchinchidan:

Musulmonlar qalbiga xursandchilik kiritish – savobi ulug‘ amal. Biroq zakot shunchaki ixtiyoriy sadaqa emas, u eng muhtoj kishiga, so‘ngra ehtiyoj darajasiga ko‘ra keyingisiga beriladigan farz haqdir.

Lekin siz xursand qiladiganlaringiz doirasini kengaytirmoqchi bo‘lsangiz, nafl sadaqa, yaxshilik, ehson eshiklari kengdir. Bu holda ko‘pchilikka ehson tarqatish bilan birga, quvonchni ham imkon qadar ko‘proq odam bilan baham ko‘rishingiz mumkin.

 

Xulosa:

Zakot oluvchilar soni ko‘p bo‘lsa, savob ham mutlaq ko‘p bo‘ladi, deb bo‘lmaydi. Shuningdek, ularning soni kam bo‘lsa, mutlaq afzaldir, deyish ham noto‘g‘ri. Aksincha, eng yaxshisi – vaziyatga qarab eng foydali, eng manfaatli va zimmadagi farz amalni eng yaxshi soqit qiladiganidir.

Zakotning manfaati qayerda kattaroq bo‘lishini ko‘rib, Alloh taolodan ulug‘ savob xushxabarini umid qilgan holda, shunga ko‘ra zakotingizni bering.

Allohdan zakotingizni qabul qilishini hamda uni molingizning o‘sishi va barakasiga sababchi qilishini so‘raymiz.

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Zakot pulidan yetimlarning mulkini ta’mirlash

    Men bir necha yil oldin otasi vafot etgan yetimlarning vasiysiman. Ularning oylik nafaqa daromadi taxminan 1000 dollar atrofida. Yillar davomida ular uchun katta miqdorda pul, jumladan zakotdan 40 ming dollarga yaqin mablagʻ yig‘dim. Endi ularga zakot olishdan to‘xtashim kerakmi? Qo‘limdagi zakot pulini nima qilsam bo‘ladi? Agar ularning ko‘chmas mulk fondidan ipoteka krediti bo‘yicha 64 ming dollar qarzi bo‘lsa, marhumning qarzini uzish uchun bu mablag‘ni to‘lashim joizmi? Shahar ma’muriyatidan olingan yerlari bo‘lsa, shu mablag‘lardan foydalanib atrofiga devor qurishimiz joizmi yoki yo‘qmi?
  • Rofiziylarga zakot berish hukmi

    Ahli sunnaning molidan kambag‘al rofiziylar (shialar)ga zakot berishning hukmi qanday? Zakot tarqatish vazifasi yuklatilgan musulmon kambag‘al rofiziyga zakot bersa, zimmasidan soqit bo‘ladimi?