Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Sudxoʻrlikka qarz olgan kishi nima qilishi kerak?
Fatvo: 824

O'qildi: 1,013

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Sudxoʻrlikka qarz olgan kishi nima qilishi kerak?

Savol

Savolim: Kishi haromligini bilmasdan qoʻl urgan o‘tmishdagi ishlaridan o‘zini yoki tijoratini qanday poklashi mumkin? Misol uchun, menda kiyim-kechak do‘koni bor, uni sudxo‘rlikka qarz olib moliyalashtirganman va haligacha o‘sha qarzni bankka to‘lab kelmoqdaman. Shuningdek, Bundan tashqari, o‘tmishda biznesda zarar ko‘rib, bankrotlik e’lon qilishga majbur bo‘lganman. Shu sababli ko‘p odamlarga qarzlarimni toʻlamaganman. Bu holda mening musulmonlik burchim nimadan iborat? Men imkon qadar hamma qarzlarni to‘lashga harakat qildim, ammo ishlar yomonlashgach, ularni to‘lay olmadim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz har bir sudxo‘rlik qarzingiz uchun Alloh taologa tavba qilishingiz kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ribo oluvchini ham, beruvchini ham, ribo yeyuvchini va yediruvchini ham la’natlaganlar. Sahih hadisda kelganidek:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ، وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ، وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ، وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ، وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ، وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ، مِثْلًا بِمِثْلٍ، يَدًا بِيَدٍ، فَمَنْ زَادَ أَوِ اسْتَزَادَ فَقَدْ أَرْبَى، الْآخِذُ وَالْمُعْطِي فِيهِ سَوَاءٌ»

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: ««Tillaga tilla, kumushga kumush, bug‘doyga bug‘doy, arpaga arpa, xurmoga xurmo va tuzga tuz o‘xshashga o‘xshash, tengma-teng, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kim bundan oshirsa yoki oshirishni talab qilsa, riboga qoʻl uribdi. Bunda oluvchi ham, beruvchi ham barobardir» (Sahihi Muslim, 1584).

Yana bir sahih hadisda:

عَنْ جَابِرٍ قَالَ: «لَعَنَ رَسُولُ اللهِ آكِلَ الرِّبَا وَمُوكِلَهُ، وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ، وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ ».

Jobir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ribo yeguvchini, yediruvchini, kotibini va ikki guvohini la’natladilar va «Ular (gunohda) barobardir», dedilar» (Sahihi Muslim, 1598).

Agar musulmon kishi biror ishga kirishmoqchi bo‘lsa-yu, uning shar’iy hukmini bilmasa, unga qoʻl urishdan oldin ilm ahlidan so‘rashi lozim. Bilmaslik har doim ham uzr bo‘lavermaydi. Siz olgan qarzlarga kelsak, faqat dastlabki olingan mablag‘ni (foizlarsiz) qaytarishga harakat qilishingiz kerak. Agar sudxo‘rlikni, ya’ni qo‘shimcha foizlarni toʻlashga majbur bo‘lsangiz va uni to‘lashdan boshqa ilojingiz bo‘lmasa, Alloh taologa tavba qilib, sizni kechirishi uchun qo‘lingizdan kelgancha harakat qiling. Shuningdek, o‘z ishingizda sobitqadam bo‘lib, o‘zingizni va molingizni poklash uchun imkon qadar sadaqalarni koʻpaytirishni maslahat beramiz.

Allohdan bizni O‘zining halol rizqi orqali haromdan saqlashini hamda O‘zining fazli bilan o‘zgalardan behojat qilishini so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?