Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Domlasiz nikoh oʻqitsa boʻladimi?
Fatvo: 813

O'qildi: 1,762

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Domlasiz nikoh oʻqitsa boʻladimi?

Savol

Agar nikoh aqdi rasmiy shaxs, masjid imomi yoki biror din arbobi ishtirokisiz tuzilgan bo‘lsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar ayolning valiysi tomonidan ijob (taklif) aytilsa, masalan: «Qizimni senga nikohladim» desa va kuyov tomonidan qabul qilinsa, masalan: «Qabul qildim» yoki «Rozi bo‘ldim» desa va bu ikki guvoh huzurida amalga oshirilsa hamda ayolda nikohlanishga to‘sqinlik (nikohni harom qiladigan sabab) bo‘lmasa: garchi sudya, qozi, FHDYo (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi) rasmiysi yoki masjid imomi ishtirok etmasa ham bu nikoh shariatga muvofiq hisoblanadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Homilador ayol haj qilishi joizmi?

    Homilador ayol umra va haj ibodatlarini ado etishi joizmi? Homiladorlik muddati bunga ta’sir qiladimi (masalan, to‘rtinchi oyda bo‘lishi sakkizinchi oyga nisbatan)? Chunki ayol tiqilinch tufayli yiqilishi yoki kasal bo‘lishi mumkin.
  • Nikohning muddati boʻladimi?

    Men Kanadada ishlayman. Bu yil o‘z vatanim Pokistonga borib, oʻsha yerda uylandim. Ma’lum sabablarga ko‘ra, Pokistondagi tashrifim paytida to‘yimiz bo‘lmadi. Nikoh aqdidan keyingi kuni «valima» (to‘y ziyofati) qildik, lekin ish zarurati bilan Kanadaga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Hozirgacha olti oydan ortiq vaqt o‘tdi, bu vaqt ichida xotinimning Kanadadagi ish joyimga kelishi uchun viza ololmadim. Bir do‘stim menga nikohim bekor bo‘lganini, chunki nikoh aqdidan keyin olti oydan ortiq vaqt davomida toʻyim yakuniga yetmaganini aytdi. Bu to‘g‘rimi? Xotinim Kanadaga kelganidan keyin nikoh aqdini yangilashim kerakmi? Iltimos, tezroq javob bering, chunki xotinim yaqin orada Kanadaga yetib keladi.
  • Hayvonning surati bor kiyimni sotib olish hukmi

    Mahsulotlariga o‘z logotipini qo‘yadigan, unda hayvon surati bo‘lgan shirkatlarning kiyimlari va mahsulotlaridan foydalanishning hukmi nima? Agar suratda faqat hayvonning boshi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi? Agar hayvon tanasining aytim qismlari bo‘lmay, balki faqat uning shaklining umumiy ko‘rinishi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi?
  • Qizlarning mahramsiz umra qilishi joizmi?

    Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?
  • Mahram topa olmagan ayolga umra vojib boʻladimi?

    Umra amalini ado etmoqchi edim, lekin mahramim yo‘qligi meni bundan toʻsyapti, shu sababli juda xafaman. Erim doim ish bilan band, ishini 8-10 kunga ham qoldira olmaydi. Iltimos, ayting-chi, bunday vaziyatda qanday qilib umraga borishim mumkin?
  • Mahramsiz umraga borish joizmi?

    26 yoshli qiz onasi va ishonchli hamrohlar bilan umraga borishi joizmi? Uning aka-uka, ota yoki er kabi mahrami yo‘q. Shuni ham aytish kerakki, u ayol mahrami yo‘qligi sababli umra vojib bo‘lmasa ham, bu amalni bajarishni juda xohlayapti. Shuningdek, agar onasi umra safariga borsa, bu qiz bir oʻzi, yolg‘iz qolishga majbur bo‘ladi.