Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » To‘piqdan past kiyim kiyish hukmi
Fatvo: 762

O'qildi: 976

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

To‘piqdan past kiyim kiyish hukmi

Savol

Bir birodarim menga kiyimni to‘piqdan tushirish harom ekanini va buni tasdiqlaydigan ko‘plab hadislar borligini aytdi. Men bu mavzuga doir fikringizni bilmoqchi edim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birodaringiz aytgan gap to‘g‘ri. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan «isbol», ya’ni kiyimni to‘piqdan tushirish harom ekaniga dalolat qiluvchi ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Jumladan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَا أَسْفَلَ مِنَ الْكَعْبَيْنِ مِنَ الْإِزَارِ فَفِي النَّارِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Izorning ikki to‘piqdan pastga tushgani do‘zaxdadir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5787).

Boshqa hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «ثَلَاثَةٌ لَا يُكَلِّمُهُمُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَلَا يُزَكِّيهِمْقَالَ أَبُو مُعَاوِيَةَ: وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ: شَيْخٌ زَانٍ، وَمَلِكٌ كَذَّابٌ، وَعَائِلٌ مُسْتَكْبِرٌ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch kishi borki, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmaydi ham, poklamaydi ham – (Roviy) Abu Muoviya: «Ularga nazar ham solmaydi», degan – va ularga alamli azob bordir: zinokor qariya; yolg‘onchi podshoh; mutakabbir kambag‘al» (Sahihi Muslim, 106).

Yan bir hadisda:

عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْإِسْبَالُ فِي الْإِزَارِ، وَالْقَمِيصِ، وَالْعِمَامَةِ، مَنْ جَرَّ مِنْهَا شَيْئًا خُيَلَاءَ، لَمْ يَنْظُرِ اللَّهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»

Solim ibn Abdulloh otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Isbol (kiyimlarni uzun qilib, sudrab yurish) izorda (yaʻni, tananing beldan pastki qismiga kiyiladigan kiyimda), ko‘ylakda va salladadir. Kim ularning birortasini manmanlik bilan osiltirib yursa, Qiyomat kuni Alloh unga nazar solmaydi» (Abu Dovud, 4091; Hadis hukmi: «sahih»; Sahihi Abu Dovud, 4094).

وعَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : «إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ لا يَنْظُرُ إِلَى مُسْبِلِ الْإِزَارِ».

Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: «Albatta Alloh azza va jalla izorini osiltirib yuruvchiga qaramaydi» (Nasoiy: «Al-Mujtabo», 5332; Hadis hukmi: «sahih»; Manba: «Sahihi Nasoiy», 5347).

عَنْحُذَيْفَةَ قَالَ: «أَخَذَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِعَضَلَةِ» سَاقِي أَوْ سَاقِهِ، فَقَالَ: هَذَا مَوْضِعُ الْإِزَارِ، فَإِنْ أَبَيْتَ فَأَسْفَلَ، فَإِنْ أَبَيْتَ فَلَا حَقَّ لِلْإِزَارِ فِي الْكَعْبَيْنِ

Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening (yoki oʻzlarining) boldirlari mushagini ushlab turib, «Mana shu izorning oʻrni. Agar buni inkor etsang, undan bir oz pastroq (qil). Agar uni ham inkor etsang, izorning ikki toʻpiqqacha tushishga haqqi yoʻq», dedilar» (Sunani Termiziy, 1783; Termiziy bu hasan hadis degan).

Yuqoridagi barcha hadislar, egasining niyatidan qat’i nazar, xoh u o‘zini ko‘z-ko‘z qilish niyatida bo‘lsin, xoh unday bo’lmasin, kiyimni to‘piqdan tushirishni umumiy taqiqlaydi. Ammo agar kishi buni ataylab takabburlik bilan qilsa, uning gunohi, shubhasiz, ogʻirroq bo‘ladi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «لَا يَنْظُرُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِلَى مَنْ جَرَّ إِزَارَهُ بَطَرًا».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kuni takabburlik bilan izorini sudragan kimsaga nazar solmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5788; Sahihi Muslim, 2087).

عَنْجَابِرِ بْنِ سُلَيْمٍ قَالَ: « قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «…وَإِيَّاكَ وَإِسْبَالَ الْإِزَارِ، فَإِنَّهَا مِنَ المَخِيلَةِ، وَإِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمَخِيلَةَ…»

Jobir ibn Sulaym aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: «Izoringni sudrab yurishdan hazir bo‘lgin, chunki bu manmanlikdandir, Alloh azza va jalla esa manmanlikni suymaydi», dedilar» (Abu Dovud, 4084; «Sahihul Jome‘», 7309).

Hech kim manmanlik va takabburlikdan butunlay xoli bo‘la olmaydi, hatto u shunday deb da’vo qilsa ham, uning da’vosi qabul qilinmaydi, chunki bu o‘zini oqlashdir. Ammo vahiy kimningdir kibr-havodan xoli ekanligini tasdiqlasa, bu qabul qilinadi. Bunga misol:

عَنْ سَالِمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ، عَنْ أَبِيهِ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ جَرَّ ثَوْبَهُ خُيَلَاءَ لَمْ يَنْظُرِ اللهُ إِلَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. قَالَ أَبُو بَكْرٍ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَحَدَ شِقَّيْ إِزَارِي يَسْتَرْخِي إِلَّا أَنْ أَتَعَاهَدَ ذَلِكَ مِنْهُ، فَقَالَ النَّبِيُّ : لَسْتَ مِمَّنْ يَصْنَعُهُ خُيَلَاءَ».

Solim ibn Abdulloh roziyallohu anhumo otasidan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim manmanlik bilan kiyimini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga nazar solmaydi», dedilar. Abu Bakr: «Ey Allohning Rasuli, kiyimimning bir tarafini tutib turmasam, bo‘shab, osilib qolaveradi», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Siz buni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz-ku», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5784).

Kiyimni to‘piqdan tushirish, garchi manmanlik qilmasa ham harom boʻlishiga dalil quyidagi hadisdir:

عَنِ الْعَلَاءِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: سَأَلْتُ أَبَا سَعِيدٍ الْخُدْرِيَّ عَنِ الإِزَارِ، فَقَال: عَلَى الْخَبِيرِ سَقَطْتَ، قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِزْرَةُ الْمُسْلِمِ إِلَى نِصْفِ السَّاقِ، وَلَا حَرَجَأَوْ لَا جُنَاحَفِيمَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْكَعْبَيْنِ، مَا كَانَ أَسْفَلَ مِنَ الْكَعْبَيْنِ فَهُوَ فِي النَّارِ، مَنْ جَرَّ إِزَارَهُ بَطَرًا لَمْ يَنْظُرِ اللَّهُ إِلَيْهِ»

Alo ibn Abdurrohman otasidan rivoyat qiladi: «Abu Sa’id Xudriydan izor haqida so‘ragan edim, shunday dedi: «Eng biladigan odamidan so‘rading. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Musulmonning izor tutishi boldirgacha bo‘lib, u bilan to‘piqning orasida bo‘lsa ham, tanglik yo‘q [yoki gunoh yo‘q]. To‘piqdan pastga tushgani do‘zaxdadir. Kim izorini kibrlanib sudrab yursa, Alloh azza va jalla unga (rahmat ila) nazar solmaydi» (Abu Dovud, 4093; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Shuayb Arnaut taxriji).

Ushbu hadislar ikki xil amalni tasvirlaydi va ularga ikki xil jazo belgilangan.

Birinchisi:

عَنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ يَعْقُوبَ قَالَ: قُلْتُ لِأَبِي سَعِيدٍ: هَلْ سَمِعْتَ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَيْئًا فِي الْإِزَارِ؟ قَالَ: نَعَمْ، سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «‌إِزْرَةُالْمُؤْمِنِإِلَىأَنْصَافِسَاقَيْهِ، لَا جُنَاحَ عَلَيْهِ مَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْكَعْبَيْنِ،وَمَاأَسْفَلَمِنَالْكَعْبَيْنِ فِي النَّارِ».

Abdurrahmon ibn Ya’qub aytadi: «Men Abu Saiddan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan izor (beldan pastga kiyiladigan kiyim) haqida biron narsa eshitganmisiz?», deb so‘radim. U: «Ha, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganini eshitganman: « Mo‘minning izori boldirning o‘rtasigacha bo‘lishi kerak. Garchi u yer bilan to‘piq orasida bo‘lsa ham zarari yo‘q. Ammo to‘piqdan pastdagi qismi do‘zaxdadir», deb aytganlarini eshitganman», dedi» (Ibn Moja, 3573. Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Ibn Moja, 2891).

عَنِ ابْنِ عُمَرَ ، قَالَ: «مَرَرْتُ عَلَى رَسُولِ اللهِ ﷺ، وَفِي إِزَارِي اسْتِرْخَاءٌ فَقَالَ: يَا عَبْدَ اللهِ، ارْفَعْ إِزَارَكَ. فَرَفَعْتُهُ ثُمَّ قَالَ: زِدْ. فَزِدْتُ، فَمَا زِلْتُ أَتَحَرَّاهَا بَعْدُ، فَقَالَ بَعْضُ الْقَوْمِ: إِلَى أَيْنَ؟ فَقَالَ: أَنْصَافِ السَّاقَيْنِ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldlaridan o‘tgan edim, izorim biroz uzunroq edi, u zot: «Ey Abdulloh, izoringni ko‘tarib ol!» dedilar. Men uni ko‘tarib oldim. So‘ng u zot: «Yana (ko‘tar)», dedilar. Men yana ko‘tardim. Shundan beri shunday yuradigan bo‘ldim». (Roviy aytadi) «Ba’zilar: «Qayergacha?» deyishdi. «Boldirning yarmigacha», dedim» (Sahihi Muslim, 2086).

Bu masala erkaklarga qanday taalluqli bo‘lsa, ayollarga ham xuddi shunday taalluqlidir. Bunga Ibn Umar roziyallohu anhuning quyidagi hadisi dalolat qiladi:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ جَرَّ ثَوْبَهُ مِنَ الْخُيَلَاءِ لَمْ يَنْظُرِ اللهُ إِلَيْهِ»، قَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ: فَكَيْفَ يَصْنَعُ النِّسَاءُ بِذُيُولِهِنَّ؟ قَالَ: «يُرْخِينَهُ شِبْرًا»، قُلْتُ: إِذَا تَنْكَشِفُ أَقْدَامُهُنَّ؟ قَالَ: «فَيُرْخِينَهُ ذِرَاعًا لَا يَزِدْنَ عَلَيْهِ»

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim kibrlanib kiyimini yerga sudrab yursa, Alloh unga boqmaydi», dedilar. Ummu Salama: «Yo Rasululloh, ayollar etagini nima qilishsin?», deb so‘radi. U zot: «Bir qarich pastga tushirsinlar», dedilar. Ummu Salama: «Oyoqlari ko‘rinib qolsa-chi?», dedi. U zot: «Uni bir ziro’, ya’ni bir tirsak uzunligida tushirsinlar, lekin undan ortiq emas», deb javob berdilar» (Nasoiy, 5356; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Nasoiy, 5351).

Ba’zida mutakabbirga beriladigan jazo oxiratda emas, balki shu dunyoda ham amalga oshishi mumkin.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ يَقُولُ: «إِنَّ رَجُلًا مِمَّنْ كَانَ قَبْلَكُمْ يَتَبَخْتَرُ فِي حُلَّةٍ». ثُمَّ ذَكَرَ مِثْلَ حَدِيثِهِمْ .

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bir kishi kiyimlari bilan kibrlanib, o‘ziga mahliyo bo‘lib ketayotgan edi, birdan uni yer yutib yubordi. Endi u Qiyomat qoim bo‘lgunicha er qa’rida cho‘kib boraveradi» dedilar» (Sahihi Muslim, 2088).

Alloh barchamizni taqvo va tavoze libosi bilan bezab, riyokorlik va manmanlikdan yiroq qilsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?