Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Ramazon oyi qachon boshlanadi va gʻayridinlar ham ro‘za tutishi mumkinmi?
Fatvo: 756

O'qildi: 1,040

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Ramazon oyi qachon boshlanadi va gʻayridinlar ham ro‘za tutishi mumkinmi?

Savol

Gʻayridin ayol Ramazon oyining boshlanish vaqti va oʻzining musulmonlarga qo‘shilib ro‘za tutishi hukmi haqida so’ramoqda.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muborak Ramazon oyiga bo‘lgan qiziqishingiz, uning boshlanish sanasi haqidagi savolingiz va bu oy kirishini intizorlik bilan kutayotganingiz juda go‘zal holat bo‘lib, bu buyuk islomiy ibodatga bo‘lgan hurmat-e’tiboringizni ko’rsatadi. Bu muborak oyda kunduzlari tong otgandan quyosh botgunga qadar yemoq, ichmoq va jinsiy aloqadan tiyilish lozim.

Vaqt masalasiga kelsak, aziz savolberuvchi, biz musulmonlar ibodatlarimiz vaqtini ochiq kuzatiladigan va ko‘zga ko‘rinadigan dalillarga bog‘liq ekanligini bilsangiz kerak; bu ko‘zga ko‘rinadigan, hisob-kitobga asoslanmagan dalil — hilolni, ya’ni yangi oyning ko‘rinishidir. Agar biz yoki bizning ishonchli kishilarimiz Ramazon hilolini ko‘rsa, butun Islom ummati ro‘za tutishni boshlashi va har kuni ro‘za tutishi farz bo’ladi, to Shavvol oyining — Ramazondan keyingi oyning — hiloli ko’ringuncha, shu bilan Ramazon oyi tugaganini bilamiz.

Hijriy oy ko‘zga ko‘rinadigan dalil — hilolni ko‘rinishiga qarab yigirma to‘qqiz yoki o‘ttiz kun bo‘lishi mumkin.

Lekin shuni unutmang, roʻza tutishga istak bildirgan aziz savolberuvchi, Ramazon oyining ro‘zasi faqat Islomga kirgan va o‘zining avvalgi dinidan voz kechganlar uchungina foyda beradi va Alloh tomonidan qabul qilinadi. Chunki Islom haq dindir. Islomga kirish faqat ikki shahodat kalimasini aytish bilan amalga oshadi:

«Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh»

«Allohdan oʻzga haq iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisi ekanligiga guvohlik beraman», deyish. Kishi Islomga kirgandagina Alloh unga farz qilgan ibodatlar haqiqiy ma’noda qabul bo‘ladi.

Sizni, ey ezgulikni sevuvchi savolberuvchi, Islomga kirishga, dunyo va oxirat saodatiga erishishga da’vat etamiz. Biz sizga baxtli hayot, mustahkam e’tiqod va bu din himoyasida o‘tkazadigan go‘zal umrning xushxabarini beramiz.

Allohdan sizni himoya qilishini va to‘g‘ri yo‘lga boshlashini so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?