Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Bu sudxo’rlikning oʻzidir
Fatvo: 750

O'qildi: 12

Iyul 6, 2025

/ 11 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Bu sudxo’rlikning oʻzidir

Savol

Bir kishi foiz to‘lamasdan bankdan qarz olmoqchi bo‘ldi, chunki foiz sudxo‘rlik hisoblanadi. Ammo bank xodimlaridan biri unga: «Agar ribodan qochmoqchi bo‘lsangiz, bizdan bir million olishingiz mumkin. Bir yildan so‘ng, imkoningiz bo‘lsa, bizga ikki million qaytarasiz: bir millioni bizning pul, qolgan bir millioni esa hozir olgan qarzingiz yil mobaynida sizda turgani evaziga keyingi yil davomida bizda turadi. Bir yildan keyin pulingizni qaytarib olishingiz mumkin», dedi. Bu ribo hisoblanadimi? Iltimos, bizga maslahat bering. Alloh ajringizni bersin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu riboning o’zginasi boʻlib, bunday shartnoma hech qanday holatda joiz boʻlmaydi, chunki qarz berishdan maqsad musulmonga yordam va manfaat yetkazishdir. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytganlaridek, ikki marta qarz berish bir marta sadaqa qilish kabidir. Agar bank sizga bir yilga bir million soʻm qarz bersa va bir yil o‘tgach, siz qarzga olgan millionni qaytarib, qarz evaziga yana bir yil saqlash uchun bankka qo‘shimcha million bersangiz, bu musulmonlar ijmosiga ko‘ra haromdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar:

كُلِّ قَرْضٍ جَرَّ مَنْفَعَةً فَهُوَ رِبًا

«Foyda keltiradigan har qanday qarz ribodir» (Ibn Abu Shayba, «Musannaf», 20690. Ushbu rivoyatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbat bermoq sanad jihatidan zaifdir. Ammo ma’no jihatidan sahih ekaniga ulamolar ittifoq qilishgan).

Bank sizga bir million soʻm qarzni, ularga tegishli bo‘lgan summadan bir million ko‘proq berishingiz sharti bilan beradi. Shu orqali ular bu pulni savdo-sotiq qilib, foydani o‘zlarida saqlab qolishlari mumkin. Bu shart foyda keltirishi tufayli musulmon ulamolarining ijmosiga ko‘ra botil, noto‘g‘ri shartdir.

Ey birodarim, siz faqat bankdan olgan millioningizni qaytarishingiz kerak, ustiga yana bir million berib, ular bir yil foydalanishiga imkon bermang. Bu ulamolar ittifoqi bilan joiz emas. Bank faqat o‘z pulini qaytarib olishga haqli, xolos. Chunki Alloh aytadi:

﴿یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَذَرُوا۟ مَا بَقِیَ مِنَ ٱلرِّبَوٰۤا۟ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِینَ ۝٢٧٨ فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُوا۟ فَأۡذَنُوا۟ بِحَرۡبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ ۝٢٧٩﴾

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz. (Ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz.) Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va payg‘ambari tomonidan bo‘lgan urushni bilib qo‘ying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga — zolim ham, mazlum ham bo‘lmaysiz» (Baqara: 278-279).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zino, qimor va cho‘chqa harom qilinishi

    Nima uchun islomda zino, qimor va cho‘chqa go‘shtini yeyish harom qilingan?
  • Islomni qabul qilmoqchi, lekin sevgilisi va bolalari bor

    Men Islomni qabul qilib, uni hayot tarziga aylantirishga qaror qildim. iroq, yaqinda nikohdan o‘tishni rejalashtirayotgan turmush o‘rtog‘im nasroniylikni o‘zi va farzandlarimizning dini sifatida tanlagan. Uning diniga e’tirozim yo‘q, lekin u tez-tez meni o‘zi va bolalar bilan cherkovga borishga undaydi. Men ba’zan muammo chiqarmaslik uchun rozilik beraman. Endi musulmon bo‘lganimdan so‘ng, bu taklifga qanday munosabatda bo‘lishni bilmayman. Vaqti-vaqti bilan u bilan cherkov ibodatlariga borishni davom ettirishim mumkinmi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Iltimos, oilaviy munosabatlarimizga zarar yetkazmaslik uchun menga maslahat bering.
  • Badandagi tuklarni olish hukmi

    Savolim biroz g‘alati tuyulishi mumkin, ammo muhim deb o‘ylayman. Savol shundan iborat: Agar oyoq sochlari haddan ziyod o‘sib ketsa, boshqa tana qismlaridagi kabi, ularni olish joizmi? Bu savolni berishimning sababi shuki, ko‘pchilik do‘stlarim shunday qilishadi, ammo men hukmini bilmaganimdan qilmayman. Savolimga javob berishingizni va buni masxara deb qabul qilmasligingizni umid qilaman.
  • Zinokorning tavbasi

    Uylangan bir do‘stim menga bir ayol bilan harom munosabatda bo‘lganini, lekin jinsiy aloqa qilmaganini (ya’ni, jinsiy a’zosi ayolning qiniga kirmagani, ammo ikkalasi ham yalang‘och bo’lganini) aytdi. U toshbo‘ron qilinadimi yoki boshqa yoʻl bilan tavba qilishi kerakmi?
  • Xatmi Qur’onni nishonlash hukmi

    Yosh qiz birinchi marta Qur’onni o‘qib tugatdi va shu munosabat bilan dugonalarini bayramga taklif qilmoqchi. Taklifnomalarga nima deb yozish kerak?
  • Yerni masjid uchun vaqf qilib, keyin qaytib olish

    Badavlat bir kishi masjid qurish uchun o‘z yerini vaqf qilishni va’da bergan edi. Keyinchalik boshqa odamlar kelib, bu joyni maktabga aylantirishni iltimos qilishdi. U qanday yo‘l tutishi kerak?