Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi
Fatvo: 652

O'qildi: 529

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi

Savol

Erkaklar oltin qoplangan buyumlar — soat, uzuk, kamar va hokazolarni taqishining hukmi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Erkaklarga oltin qoplangan buyumlarni taqish haromdir.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ: «أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ رَأَى خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فِي يَدِ رَجُلٍ فَنَزَعَهُ فَطَرَحَهُ وَقَالَ: يَعْمِدُ أَحَدُكُمْ إِلَى جَمْرَةٍ مِنْ نَارٍ فَيَجْعَلُهَا فِي يَدِهِ!. فَقِيلَ لِلرَّجُلِ بَعْدَمَا ذَهَبَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: خُذْ خَاتَِمَكَ انْتَفِعْ بِهِ. قَالَ: لَا وَاللهِ، لَا آخُذُهُ أَبَدًا وَقَدْ طَرَحَهُ رَسُولُ اللهِ ﷺ»

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishining qo‘lida tilla uzukni ko‘rib qolib, uni yechib olib, tashlab yubordilar va: «Ba’zilaringiz do‘zaxning cho‘g‘ini olib, qo‘liga taqib oladi-ya!» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ketganlaridan so‘ng haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan (boshqa yo‘l bilan) foydalan», deyishgan edi, «Allohga qasamki, uni aslo olmayman. Axir Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni tashlab yubordilar-ku!» dedi» (Sahihi Muslim, 2090).

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِي، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «مَنْ لَبِسَ الذَّهَبَ مِنْ أُمَّتِي، فَمَاتَ وَهُوَ يَلْبَسُهُ، حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ ذَهَبَ الْجَنَّةِ، وَمَنْ لَبِسَ الْحَرِيرَ مِنْ أُمَّتِي، فَمَاتَ وَهُوَ يَلْبَسُهُ، حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ حَرِيرَ الْجَنَّةِ»

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimdan kim oltin taqib, shu holda vafot etsa, Alloh unga jannat oltinini harom qiladi. Ummatimdan kim ipak kiyib, shu holda vafot etsa, Alloh unga jannat ipagini harom qiladi», dedilar» (Ahmad, 6556; Shuayb Arnaut tahqiqida sahih deyilgan).

Bu qaytariq ayollarga taalluqli emas, faqat erkaklarga xosdir. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda kelganidek:

إِنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَخَذَ حَرِيرًا فَجَعَلَهُ فِي يَمِينِهِ، وَأَخَذَ ذَهَبًا فَجَعَلَهُ فِي شِمَالِهِ ثُمَّ قَالَ: «إِنَّ هَذَيْنِ حَرَامٌ عَلَى ذُكُورِ أُمَّتِي»

«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llariga ipakni, chap qo‘llariga tillani olib, so‘ng: «Mana shu ikkisi ummatimning erkaklariga haromdir», dedilar» (Abu Dovud, 4057; «Sahihul Jome’», 2274).

Yana bir hadis:

عَنْ أَبِي مُوسَى، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أُحِلَّ لُبْسُ الْحَرِيرِ وَالذَّهَبِ لِنِسَاءِ أُمَّتِي، وَحُرِّمَ عَلَى ذُكُورِهَا»

Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ipak kiyish va oltin taqish ummatimning ayollariga halol, erkaklariga esa harom qilindi», dedilar (Musnadi Ahmad, 9644; Shuayb Arnaut tahqiqida sahih hukmi berilgan).

Ayollarga ularning nozikligi, nafosati va ziynatga bo‘lgan ehtiyoji tufayli oltin taqishga ruxsat berilgan. Alloh taolo aytadi:

﴿أَوَمَنْ يُنَشَّأُ فِي الْحِلْيَةِ وَهُوَ فِي الْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ ۝١٨﴾

«Hali zeb-ziynat ichida o‘stiriladigan, (hech qanday) janjal-munozarada (o‘z maqsadini) ochiq-ravshan bayon qilib bera olmaydigan (ojiz notavon qiz bolami)!?» (Zuhruf: 18).

Erkaklarga kelsak, tilla bezaklar erkak uchun subutsizlik va noshudlik belgisidir. Shariat ikki jins o‘rtasidagi farqni ko‘rsatishni va har birining o‘ziga xos xususiyatlarini ajratishni xohlaydi, chunki ular bir-biriga o‘xshashida fasod bor.

Erkaklarga oltin taqish taqiqlanishi sof oltin, aralashgan oltin, qirqilgan, tutash va ziynatlangan kabilarni o‘z ichiga oladi. Suvlangan va suvi yuritilganga kelsak, ba’zi ulamolar uni erkaklarga harom deyishgan, agar undan biror narsa ajratib olish mumkin bo‘lsa (masalan, qirib olish orqali) va agar undan biror narsa ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ruxsat beriladi. Ba’zilari agar qoplama umumiy yoki ko‘p bo‘lsa, uni taqish joiz emas, agar u oz bo‘lsa (soatning millarida yoki raqamlarida yoki undagi mayda donlarda bo‘lgani kabi), taqish joiz deyishgan. Ulamolar ahamiyat berish lozim bo‘lgani ko‘rinadigan narsa ekanini, qiymat bilan emasligini aytishgan. Agar oltin qoplamasi ko‘zga tashlanadigan darajada ko‘p yoki umumiy bo‘lsa, joiz emas. Keyin bu shaxs uchun aybdir, chunki ko‘p odamlar qoplama yoki metall ekanligi o‘rtasidagi farqni ajrata olmaydilar va bu shaxsga ergashib, sof oltin taqishlari mumkin.

Alloh taolo bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?