Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Tillaning dollar hisobidagi nisobi
Fatvo: 64

O'qildi: 265

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Tillaning dollar hisobidagi nisobi

Savol

Men Amerikada yashayman. Zakotning nisobi AQSh dollarida qancha bo‘ladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Nisob — agar bir kishida shuncha miqdorda boylik bo‘lsa, unga zakot berish vojib bo‘ladigan, agar undan kam bo‘ladigan bo‘lsa, unga zakot vojib bo‘lmaydigan minimal miqdordir.

Ma’lumki, shariatda molning zakoti tilla, kumush va hozirgi zamonimizda ularning o‘rnini bosadigan qog‘oz pullardan — dollar, riyol, funt va boshqalardan chiqariladi.

Oltinning nisobi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xabar berganlaridek, yigirma misqoldir. Misqol hozirgi davr o‘lchovlariga ko‘ra taxminan 4,25 grammga tengdir. Demak, oltinning nisobi taxminan 85 gramm bo‘ladi. Uning qaysi shaklda bo‘lishi muhim emas, uning egasi bo‘lgan odam har bir mingdan 25 (2.5%)ini zakot berishi kerak.

Kumushning nisobi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xabar berganlaridek, ikki yuz dirhamdir. Dirham hozirgi davr o‘lchovlariga ko‘ra taxminan 2,975 grammga tengdir. Demak, kumushning nisobi taxminan 595 gramm bo‘ladi. Uning qaysi shaklda bo‘lishi muhim emas, uning egasi bo‘lgan odam har bir mingdan 25 (2.5%)ini zakot berishi kerak.

Ma’lumki, hozirgi zamonda oltinning nisob qiymati bilan kumushning nisob qiymati o‘rtasida sezilarli farq bor. Siz uchun eng ehtiyotlisi va faqirlar uchun yaxshisi shuki, qo‘lingizdagi dollarlarga qaraysiz, ularning qiymati kumush nisobiga yetgan yoki undan ortiq bo‘lsa, va unga to‘liq bir hijriy yil (354 kun) o‘tgan bo‘lsa, mablag‘ingizni 2,5 foizini zakot sifatida chiqarib, shariatda belgilangan zakot beriladigan joylariga sarflaysiz.

Allohdan bizga molning haqqini bajarishda yordam berishini va muvaffaqiyat ato etishini so‘raymiz. Alloh taolo bizning Payg‘ambarimiz Muhammadga salavot va salomlar yo‘llasin.

Siz oltin va kumush narxlarini internet orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi

    Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi qancha? Qog‘oz valyutalardagi nisobni baholash oltin nisobiga asoslanadimi yoki kumush nisobiga?
  • G‘ayridin tilanchiga sadaqa berish hukmi

    Agar g‘ayridin kishi umumiy yo‘lda tilanchilik qilsa, unga pul berish joizmi?
  • Fitr zakotini chiqarish vaqti

    Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?
  • Fitr zakotini pul bilan chiqarish

    Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?