Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2795

O'qildi: 19

20.04.2026

/ 3 Zulqada 1447

Fatvo mavzusi:

Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi

Savol

Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi qancha? Qog‘oz valyutalardagi nisobni baholash oltin nisobiga asoslanadimi yoki kumush nisobiga?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Dollar va boshqa qog‘oz valyutalardagi zakot nisobining miqdori, sizga dollar va shunga o‘xshash valyutalarda zakot vojib bo‘lgan vaqtda, yigirma misqol oltin yoki bir yuz qirq misqol kumush qiymatiga teng bo‘lgan miqdordir (yigirma misqol oltin 85 grammga, bir yuz qirq misqol kumush 595 grammga teng). Bu ikki nisobdan qay biri faqirlar uchun foydaliroq bo‘lsa, o‘shanga qarab hisoblanadi, chunki ularning narxi vaqt va mamlakatlarga qarab o‘zgarib turadi. «Fatava al-Lajna ad-Daima», 9/257.

Chunki bu faqirlar uchun manfaatliroqdir. «Fatava al-Lajna ad-Daima», 9/254.

(Bugungi kunda kumush nisobining qiymati oltin nisobining qiymatidan pastroq bo‘lgani uchun hisob-kitob unga asoslanadi. Agar kishining qo‘lidagi qog‘oz pul kumush nisobining qiymatiga yetsa, u zakot chiqaradi. Kumush nisobi taxminan 595 grammga teng. Mol egasi bir yil to‘lganda qo‘lidagi qog‘oz pullardan chorak o‘ndan birini, ya’ni har mingtadan yigirma beshtasini, oddiy qilib aytganda 2.5% miqdorini zakot sifatida chiqaradi).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • To‘lovi kechiktirilgan hukumat mablag‘larining zakoti

    O‘tgan yillarga tegishli bo‘lgan va endi to‘langan davlat mablag‘lari olinganda, bu mablag‘lardan zakot berish vojib bo‘ladimi? Agar vojib bo‘lsa, u qanday hisoblanadi? Bir yillik hisoblanadimi yoki boshqacha belgilanadimi?
  • Zakotni vaqtidan oldin berish

    Zakotni bir yil to‘lishidan oldin berish mumkinmi? (Masalan, agar bir yil muddat iyul oyida tugasa, men zakotni to‘liq yoki qisman aprel oyida berishga qaror qilsam).
  • Stipendiyadan zakot beriladimi?

    Men Yaponiyada o‘qiyotgan va hukumatdan stipendiya olayotgan indoneziyalik talabaman. Menga zakot vojibmi?
  • Gumonli qarzning zakoti

    Bir kishining ba’zi aka-ukalari va tanishlariga qarzga bergan pullari bor. U bu pulni qaytarib olishi yoki ololmasligi noma’lum. U bu puldan zakot berish vojibmi-yo‘qmi, deb so‘ramoqda.
  • Yil davomida olingan daromaddan zakot

    Bir kishining yil boshida zakot nisobidan 10 ming dollar ortiqcha mablag‘i bor edi. Yil oxiriga kelib, u yana 5 ming dollar jamg‘arib, jami 15 ming dollarga ega bo‘ldi. Bu 5000 dollar yil boshida uning mulki bo‘lmagan. Shunda zakot faqat 10 000 dollardan to‘lanadimi yoki 15 000 dollardan? Iltimos, tushuntirib bering.