O'qildi: 27
19.04.2026
/ 2 Zulqada 1447
Fatvo mavzusi: Sadaqalar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Faqihlar kofirga nafl sadaqa berishning joizligi borasida ixtilof qilishgan. Ixtilof sababi shuki, sadaqa savob uchun mulk qilib berishdir. Kofirlarga infoq qilish bilan kishi savob oladimi? Hanbaliylar, Shofe’iylar nazdida mashhur bo‘lgan va Hanafiy mazhabi imomlaridan boʻlgan Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniydan «as-Siyar al-Kabir»da naql qilingan qavlga ko‘ra, kofirlarga nafl sadaqa berish mutlaqo joizdir. Bunga Alloh taoloning umumiy so‘zi dalildir:
«Va taomni suyub-xohlab tursalar-da, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni taomlantirurlar» (Inson: 8).
Ibn Qudoma aytadi: «O‘sha paytda asir faqat kofir bo‘lar edi».
Shuningdek, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlariga binoan ham joizdir:
«Jonli narsa borki unda ajr bor» (Sahihi Buxoriy, 2363).
Asmo bint Abu Bakr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Huzurimga onam keldi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida mushrika edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Huzurimga onam rag‘bat qilib kelibdi. Onamga silai rahm qilaveraymi?» dedim. U zot: «Ha, onangga silai rahm qil», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2620; Sahihi Muslim, 1003).
Chunki silai rahm har bir dinda maqtalgandir va boshqalarga hadya berish oliyjanob axloqlardandir («al-Mavsu’a al-Fiqhiyya», 26-jild).
Agar g‘ayridin kishi so‘rasa, u ikki holatdan birida bo‘ladi:
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?