Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Aroq va musiqali ziyofatlarga borish hukmi
Fatvo: 596

O'qildi: 382

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Aroq va musiqali ziyofatlarga borish hukmi

Savol

Musulmon kishi spirtli ichimliklari bor ziyofatga borishi joizmi? Men armiyadaman, bu yerda raqsli ziyofat boʻlib oʻtmoqda. Men komandirga musiqa va spirtli ichimliklar sababli bu bazmga bormasligimni aytdim. U menga: «Spirtli ichimlik ichmasdan, ziyofatning oʻziga qatnashaverasan», dedi. Buning hukmi va dalili nima boʻladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيۡطَٰنُ فَلَا تَقۡعُدۡ بَعۡدَ ٱلذِّكۡرَىٰ مَعَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ۝٦٨﴾

«Agar shayton esingizdan chiqargan bo‘lsa, eslashingiz bilan bu tajovuzkor (zolim) qavm bilan birga o‘tirmang!» (An’om: 68).

Jobir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخرِ فَلَا يَجْلِسْ عَلَى مَائِدَةٍ يُدَارُ عَلَيْهَا بِالْخَمْرِ»

« Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mast qiluvchi ichimlik tarqatilayotgan dasturxon atrofida o‘tirmasin», dedilar. (Termiziy, 2801; «Sahihul-Jome‘», 6506).

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:

«إِنَّ اللَّهَ لَيَسْأَلُ الْعَبْدَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يَقُولَ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَ الْمُنْكَر َ أَنْ تُنْكِرَهُ»

«Shubhasiz, Alloh taolo qiyomat kunida bandasidan so‘raydi, hatto: «Munkar ishni ko‘rganingda uni inkor etishdan seni nima to‘sdi?» deb aytadi».

Boshqa rivoyatda:

«إِنَّ أَحَدَكُمْ لَيُسْأَلُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يَكُونَ فِيمَا يُسْأَلُ عَنْهُ أَنْ يُقَالَ مَا مَنَعَكَ أَنْ تُنْكِرَ الْمُنْكَرَ إِذْ رَأَيْتَهُ»

«Albatta sizlardan biringiz qiyomat kunida so‘raladi, hatto undan so‘raladigan narsalar ichida: «Munkar ishni ko‘rganingda nima seni uni inkor qilishdan to‘sdi?» deyiladi» (Musnadi Ahmad, 11214 (Shu’ayb Arnavut taxrijida sahih deyilgan); Ibn Moja, 4017 («Sahihi Jome’», 1818).

Endi, birodarim, spirtli ichimliklar va boshqa yomonliklar bor ziyofatlarga borishning hukmini hukmini bilib oldingiz deb o‘ylayman. Mo‘min kishi bunday majlislarda o‘tirsa, garchi o‘zi isteʻmol qilmasa ham, bo‘layotgan ishlarni ko‘rib, unga sukut qilish orqali qalbi o’lishi muqarrar.

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?