Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Riboviy moldan foydalanish
Fatvo: 292

O'qildi: 241

18.06.2025

/ 22 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » » »

Riboviy moldan foydalanish

Savol

Savolim koʻplab muhtoj musulmonlar uchundir, ular oʻqish toʻlov-kontraktini toʻlay olmaganliklari sababli oʻquv dargohlaridan haydalmoqdalar. Ularning koʻpchiligida foizli bank hisoblari bor, lekin ular buni harom boʻlgani uchun ishlatmaydilar. Biz bu foizlarni nima qilishimiz kerak? Ularni bankka qoldirishimiz kerakmi yoki bu holatda gʻayriislomiy taʼlim muassasalariga oʻqish haqini toʻlash uchun ishlatish mumkinmi? Ishonarli dalillar keltirishingizni soʻrayman. Bu masala juda muhim va dolzarb, chunki yangi semestr endigina boshlandi va toʻlov-kontraktini toʻlash uchun mablagʻ yoʻq.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu. Hurmatli birodarimiz: Nayrobi — Keniya sudyasi Shayx Ali Daroniy, Alloh sizni Oʻz panohida asrasin.

Sizning elektron pochta orqali yuborgan savolingiz, yaʼni sizning mamlakatingizdagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ehtiyojmand talabalar manfaati uchun foiz pullarini sarflashning hukmi haqidagi savolingiz bizga yetib keldi. Savolingizga javob berib, ushbu masala boʻyicha ulamolar aytgan ayrim fikrlarni sizga qisqacha bayon etamiz:

Agar musulmon kishi harom pul topgan yoki olgan boʻlsa, undan qutulishi vojib boʻladi. Bunda u moldan qutuluvchi shaxs oziq-ovqat, ichimlik, uy-joy, oila nafaqasi yoki oʻqitish uchun haq toʻlash kabi oʻziga foyda keltiradigan ishlarda ham, majburiy sugʻurta toʻlovlari yoki boshqa turdagi soliqlar va bojlar kabi oʻzidan zarar yoki zulmni daf qilishda ham foydalanmasligi kerak. Uni chiqarish chogʻida niyatni sadaqa emas, balki qutulish deb niyat qiladi, chunki Alloh pokdir va faqat pok narsani qabul qiladi.

Riboviy mablagʻlar esa, faqirlar va miskinlarga berish, muhtojlarning davolanish xarajatlari, shuningdek mujohidlar va qarzlarini toʻlay olmaydigan qarzdorlarning qarzini toʻlashga ishlatsa boʻladi. Bundan tashqari, bu pullarni Islom markazi ehtiyojlari uchun, jumladan masjidlar hamda yoʻllardagi tahoratxonalarni va shunga oʻxshash umumiy infratuzilmani taʼmirlash uchun sarflash mumkin.

Demak, bu pulni taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ehtiyojmand talabalarning oʻqishi uchun sarflash ham yuqorida aytib oʻtilgan xarajatlar doirasiga kiradi. Garchi bu muassasalar gʻayridinlar tomonidan boshqarilsa ham, oʻqish sohasi muboh boʻlishi sharti bilan bu joizdir. Foizdan kelgan pullar uni egasiga harom hisoblanadi, ammo bu pul berilgan odamlarga kelsak, ular uchun uni ishlatish joiz va haloldir, chunki u hech kimga tegishli boʻlmagan yoʻqolgan pul hukmida boʻladi.

Alloh bizni va sizni yaxshi amallar qilishga, dinni himoya qilishga va musulmonlarga yordam berishga muvaffaq qilsin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: «Islomiy fatvolar 2/404-411»ga murojaat qiling.

Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayol kasallik sabab, homiladorlik mashaqqatiga chiday olmasa, homilani tushirishi joizmi?

    Xotinimni shifokorga olib bordim. Shifokor uning bir oyu sakkiz kunlik homilador ekanini tasdiqladi. Biz avval ma’lum muddatgacha farzand ko‘rmaslikka kelishib olgan edik, chunki xotinim betob va homiladorlik mashaqqatiga chiday olmaydi. Shu holatda homilani oldirish joizmi yoki yo‘qmi? E’tiborli jihati shundaki, biz faqat vaqtincha farzand ko‘rmaslikka kelishgan edik.
  • Zo‘rlangan ayol homilasini oldirishi joizmi?

    Tajovuzga uchragan va zo‘rlash sababli homilador bo‘lgan muslima ayollar homilani oldirishi joizmi yoki yo‘qmi?
  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?