Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2521

O'qildi: 126

15.01.2026

/ 26 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Vegeterian boʻlish joizmi?

Savol

Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ha, siz hayvon mahsulotlarini iste’mol qilmasdan ham musulmon bo‘lishingiz mumkin, ammo quyidagilardan ehtiyot bo‘lishingiz kerak:

Birinchidan, bu narsalarni harom deb e’tiqod qilishdan saqlaning, chunki Alloh taolo aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُحَرِّمُوا طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ۝٨٧﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh sizlar uchun halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom demanglar va (Alloh belgilagan chegaradan) tajovuz qilmanglar! Albatta, Alloh tajovuzkor kimsalarni sevmas» (Moida: 87).

Yana Alloh azza va jalla aytadi:

﴿قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ ۚ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ۝٣٢﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?!» Ayting: «Ular (ya’ni, bezak va halol rizqlar) hayoti dunyoda iymon egalari uchun (bo‘lib, kofirlar ham ularga sherik bo‘lur), Qiyomat Kunida esa faqat (mo‘minlarning) o‘zlariga xosdir». Biladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz» (A’rof: 32).

Yana Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿قُلْ أَرَأَيْتُمْ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ لَكُمْ مِنْ رِزْقٍ فَجَعَلْتُمْ مِنْهُ حَرَامًا وَحَلَالًا قُلْ آللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى اللَّهِ تَفْتَرُونَ۝٥٩﴾

«Ayting: «Xabar beringiz-chi (ey mushriklar), Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqu ro‘zning (ayrimlarini) harom, (ayrimlarini) halol qilib oldingiz». Ayting: «Xabar beringiz-chi, (bunday qilish uchun) sizlarga Alloh izn berdimi yoki Alloh sha’niga bo‘hton qilmoqdamisizlar?!» (Yunus: 59).

Ikkinchidan, hayvon mahsulotlarini yeyishni tark etish afzalroq, yoki bu uchun inson savob oladi, yoki vegetarian odam Allohga yaqinroq degan e’tiqoddan saqlaning. Chunki Allohga bu yo‘l bilan yaqinlashish joiz emas. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam — eng afzal inson va Allohga eng yaqin zot — go‘sht yeganlar, sut va asal ichganlar. Qachonki ba’zi sahobalar go‘shtni tark etish orqali ibodat qilmoqchi bo‘lganlarida, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularni bu ishini notoʻgʻri sanaganlar, quyidagi hadisda kelganidek:

عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ نَفَرًا، مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ بَعْضُهُمْ: لَا أَتَزَوَّجُ النِّسَاءَ، وَقَالَ بَعْضُهُمْ: لَا آكُلُ اللَّحْمَ، وَقَالَ بَعْضُهُمْ: لَا أَنَامُ عَلَى فِرَاشٍ، وَقَالَ بَعْضُهُمْ: أَصُومُ فَلَا أُفْطِرُ، فَبَلَغَ ذَلِكَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَحَمِدَ اللهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ، ثُمَّ قَالَ: «مَا بَالُ أَقْوَامٍ يَقُولُونَ كَذَا وَكَذَا، لَكِنِّي أُصَلِّي وَأَنَامُ وَأَصُومُ وَأُفْطِرُ وَأَتَزَوَّجُ النِّسَاءَ فَمَنْ رَغِبَ عَنْ سُنَّتِي فَلَيْسَ مِنِّي»

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha kishi shunday deyishdi: ayrimlari: «Ayollarga uylanmayman», dedi, ba’zilari: «Go‘sht yemayman», dedi, yana ba’zilari: «To‘shakda uxlamayman», dedi. Ba’zilari esa: «Ro‘za tutaman va og‘zimni ochmayman», dedi. Bu xabar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib bordi. U zot Allohga hamd va sano aytdilar, so‘ngra dedilar: «Odamlarga nima bo‘ldiki, bunday-bunday deyishmoqda? Men esa namoz o‘qiyman va uxlayman, ro‘za tutaman va og‘zimni ochaman hamda ayollarga uylanaman. Bas, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emasdir» (Nasoiy, 7782; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Nasoiy», 3217; Buxoriy, 5063 va Muslim, 1401da ham kelgan).

Inson ma’lum bir taom turini yoqtirmasligi, undan jirkanishi, yoki bolaligida hayvonning so‘yilganini ko‘rib ruhiy qiyinchiliklar tufayli go‘sht yeyishni yomon ko‘rib qolishi sababli uni tark etishi bilan, ba’zi adashgan brahmanlar, rohiblar va boshqalar singari go‘shtni harom deb bilishi yoki uni tark etishni ibodat deb hisoblashi o‘rtasida farq bor.

Agar bu masala sizga ravshan bo‘lgan bo‘lsa, aziz savol beruvchi, istamagan narsangizni yeyishni tark etishingizda zarar yo‘q. Yaqin orada sizni Islomda singlimiz bo‘lishingizni kutib qolamiz. Allohdan sizga barcha yaxshiliklarga muvaffaqiyat berishini va barcha yomonliklardan saqlashini so‘raymiz. U to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiluvchidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Xitoy millatdoshining Islom diniga ishtiyoqi va qalbidagi xavotirlari

    Islomni qabul qilishni orzu qilaman, lekin oziq-ovqat, ayniqsa cho‘chqa go‘shti masalasida ba’zi tashvishlarim bor. Men hali ham ota-onam bilan birga yashayman, biz asli xitoylikmiz va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taom dasturxonimizdan aslo arimaydigan asosiy kundalik taomlardan hisoblanadi. Men Islomni qabul qilib, uyda ular bilan birga yashashda davom etsam, bilmagan holda yoki oldindan xabarim boʻlmay, choʻchqa goʻshtini tovuq goʻshti deb yeb qoʻyishdan xavotirdaman. Oilaviy yig‘inlar yoki tadbirlarda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taomlardan o‘zimni tiyishga harakat qilaman, agar yeyishga majbur bo‘lsam, Allohga istigʻfor aytaman. Agar Islomni qabul qilsam va choʻchqa goʻshtini yeyishga majbur boʻlsam, Allohdan magʻfirat soʻrashim kerakmi? Men bu masaladan juda xavotirdaman va sizning maslahatingizga juda muhtojman.
  • Islomdan toʻsuvchi va loqaydlikka undovchilar

    Men so‘nggi bir necha oyni Islomni o‘rganish va tadqiq qilishga bag‘ishladim hamda yaqinda Qur’onni o‘qishni boshladim. Qalbimda shahodat kalimasini aytishga tayyorligimni his qilmoqdaman, ammo ba’zi musulmon do‘stlarim menga ishonishmayapti. Ular bu hayotni o‘zgartiruvchi qarorni shoshma-shosharlik bilan qabul qilmasligim haqida ogohlantirmoqdalar. Biroq, men chindan ham bu qadamni tashlashga tayyorman. Menga Islomga e’tiqod qilishim va Alloh barcha olamlarning Robbi, yagona Iloh ekanligiga guvohlik berishim uchun nima qilishim kerakligi haqida maslahat bera olasizmi? Shuni bilib qo‘yingki, men hayotimda hech qachon shoshilinch qaror qabul qilmaganman. Rahmat.
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Islomga kirish basketbol o‘yinidan qaytaradimi?

    Men musulmon bo‘lmagan yosh yigitman. Agar Islom dinini qabul qilsam basketbol o‘ynashim joiz bo’ladimi?
  • Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

    Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?