Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Soliqlar va bojlar » Soliqlar zakotdan hisoblanadimi
Fatvo: 2447

O'qildi: 95

31.12.2025

/ 11 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Soliqlar zakotdan hisoblanadimi

Savol

Insonga o‘ziga tegishli soliqlarni mol-mulk zakotidan to‘lashi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Mol egalari o‘z mollaridan to‘laydigan soliqlarni zakot vojib bo‘lgan molni zakotidan hisoblash joiz emas. Balki farz qilingan zakotni chiqarish va uni Alloh subhanahu va taolo O‘z so‘zida ko‘rsatgan shar’iy sarf o‘rinlariga sarflash vojibdir:

﴿إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَابْنِ السَّبِيلِ ۖ فَرِيضَةً مِنَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ۝٦٠﴾

«Albatta, sadaqalar (ya’ni, zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni, jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat Sohibidir» (Tavba: 60).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tijoratda aylanmada boʻlgan pullarning zakoti

    Menda ma’lum miqdorda pul bor, uning umumiy miqdori zakot nisobidan oshadi. Bu pulning bir qismini tijoratga qo‘ydim. Bu yilgi zakotni hisoblaganda, hali tijoratdan qaytarib olmagan bo‘lsam ham, bu pulni qo‘shishim kerakmi, yoki hozir qo‘limda bor pulga asoslanib zakotni hisoblashim yetarlimi?
  • To‘lovi kechiktirilgan hukumat mablag‘larining zakoti

    O‘tgan yillarga tegishli bo‘lgan va endi to‘langan davlat mablag‘lari olinganda, bu mablag‘lardan zakot berish vojib bo‘ladimi? Agar vojib bo‘lsa, u qanday hisoblanadi? Bir yillik hisoblanadimi yoki boshqacha belgilanadimi?
  • Zakotni vaqtidan oldin berish

    Zakotni bir yil to‘lishidan oldin berish mumkinmi? (Masalan, agar bir yil muddat iyul oyida tugasa, men zakotni to‘liq yoki qisman aprel oyida berishga qaror qilsam).
  • Zakot pulidan yetimlarning mulkini ta’mirlash

    Men bir necha yil oldin otasi vafot etgan yetimlarning vasiysiman. Ularning oylik nafaqa daromadi taxminan 1000 dollar atrofida. Yillar davomida ular uchun katta miqdorda pul, jumladan zakotdan 40 ming dollarga yaqin mablagʻ yig‘dim. Endi ularga zakot olishdan to‘xtashim kerakmi? Qo‘limdagi zakot pulini nima qilsam bo‘ladi? Agar ularning ko‘chmas mulk fondidan ipoteka krediti bo‘yicha 64 ming dollar qarzi bo‘lsa, marhumning qarzini uzish uchun bu mablag‘ni to‘lashim joizmi? Shahar ma’muriyatidan olingan yerlari bo‘lsa, shu mablag‘lardan foydalanib atrofiga devor qurishimiz joizmi yoki yo‘qmi?
  • Xayriya fondi pulidan zakot beriladimi?

    Bir guruh odamlar uyushma tashkil etishgan bo‘lib, unda har bir erkak a’zo, yoshidan qat’i nazar, har yil boshida yuz dollar miqdorida a’zolik badali to‘laydi. Bu mablag‘ni ayrim shaxslarning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan xun to‘lovlari va boshqa baxtsizliklar uchun jamg‘arishadi. Agar bu mablag‘ bir yil davomida to‘plansa, undan zakot berish majburiy bo‘ladimi?
  • Muhtoj kishining qarzidan zakot beriladimi?

    Muhtoj kishi ko‘p yillar davomida qarzdor bo‘lib qolsa, uning qarzi uchun zakot to‘lash hukmi qanday? To‘lashga qodir bo‘la turib, to‘lashni kechiktirayotgan kishining qarzi bo‘yicha zakot to‘lash hukmi qanday? Boyligi ma’lum bo‘lgan va qarzini uzishga qat’iy ahd qilgan kishiga berilgan qarzning hukmi qanday, agar qarz berilganidan bir yil o‘tgan bo‘lsa?