Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Biz haqimizda

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Gʻarb mamlakatlarida keng tarqalgan jelatin kabi mahsulotlar hukmi
Fatvo: 210

O'qildi: 103

May 30, 2025

/ 23 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » »

Gʻarb mamlakatlarida keng tarqalgan jelatin kabi mahsulotlar hukmi

Savol

Uzoq vaqtlar davomida men va atrofimdagilar jelatin, monogliserid, digliserid, pepsin va rennet kabi mahsulotlar haqida tashvishlanib kelmoqdamiz. Bugungi kunda bu narsalar koʻplab oziq-ovqatlarda mavjud, lekin biz hali ham qaysi bir mahsulotni isteʼmol qilishimiz joizligini va ularning har birini sharʼiy hukmini bilmaymiz. Ushbu masalaga yakuniy yechim topish uchun batafsil javob berishingizni soʻraymiz. Alloh sizdan rozi boʻlsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taoloz bandalariga yer yuzidagi barcha neʼmatlarni rizq qilib yaratdi va bandalariga halolu pok narsalarni yeyishni buyurdi. Bu neʼmatlar kp va cheksizdir. Alloh taolo shunday dedi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُواْ مِمَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ حَلَٰلٗا طَيِّبٗا وَلَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوّٞ مُّبِينٌ

«Ey odamlar! Yerdagi halol va pok narsalardan yenglar va shaytonning yllariga ergashmang. Albatta, u sizning ochiq dushmaningizdir» (Baqara, 168).

Alloh taolo bandalariga sanoqli, maʼlum narsalarni harom qildi.Alloh taolo aytadi:

﴿قُل لَّآ أَجِدُ فِي مَآ أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٖ يَطۡعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيۡتَةً أَوۡ دَمٗا مَّسۡفُوحًا أَوۡ لَحۡمَ خِنزِيرٖ فَإِنَّهُۥ رِجۡسٌ أَوۡ فِسۡقًا أُهِلَّ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ بِهِۦۚ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ غَيۡرَ بَاغٖ وَلَا عَادٖ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٞ رَّحِيمٞ

 «Ayting: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir). Bas, kim zolim va tajovuzkor boʻlmagan holda muztar boʻlib qolsa (masalan, ochlikdan oʻlmaslik uchun, u narsalardan yeyish bilan gunohkor boʻlmas, zero) Parvardigoringiz magʻfiratli, mehribondir» (Anʼom, 145).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: « نَهَى رَسُولُ اللهِ عَنْ كُلِّ ذِي نَابٍ مِنَ السِّبَاعِ، وَعَنْ كُلِّ ذِي مِخْلَبٍ مِنَ الطَّيْرِ ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha qoziq tishli yirtqichlardan va barcha changalli yirtqich qushlardan qaytardilar» (Muslim, 1934).

Shuningdek:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ «نَهَى يَوْمَ خَيْبَرَ عَنْ أَكْلِ الثَّوْمِ، وَعَنْ لُحُومِ الْحُمُرِ الْأَهْلِيَّةِ»

«Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Xaybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sarimsoq yeyishdan va xonaki eshak goʻshtidan qaytardilar», dedi». (Buxoriy, 4215).

Hozirgi kunda baʼzi ovqatlar ochiqdanochiq harom hisoblanadi, masalan, oʻlaksaning gshti va chchqa gshti. Baʼzi yeguliklar esa tarkibida harom moddalar mavjud blishi mumkin, ularning sharʼiy hukmini bilish uchun tarkibini aniqlash zarur.

Savolda keltirilgan jelatin baʼzan chchqa va boshqa harom hayvonlarning terisi, payi va suyaklaridan olinadi. Agar jelatin chchqa mahsulotidan tayyorlangan blsa, bu haromdir.

Ovqatlarda ishlatiladigan yogʻlar esa ikki turga blinadi: oʻsimlikdan olinadigan yogʻlar va hayvondan olinadigan yogʻlar. Agarsimlikdan olingan blsa, najosat aralashmagan blsa haloldir. Agar hayvondan olingan blsa, u hayvonning gshtigaxshash hukmga ega.

Agar bu yogʻ chchqa kabi harom hayvonlardan olinib, ovqatlarga qoʻshilsa, bu haromdir. Lekin, masalan, chchqa yogʻidan olingan sovun va boshqa nooziq mahsulotlar haqida olimlarrtasida ixtilof bor, lekin eng ehtiyotkorlik yli bu narsalarni ishlatmaslikdir.

Pishloqlarga kelsak, agar ular yeyish joiz boʻlmagan hayvon sutidan tayyorlangan boʻlsa, ularni yeyish ijmoʻ bilan joiz emas. Agar ular yeyish joiz boʻlgan hayvon sutidan tayyorlangan boʻlsa va sharʼiy soʻyilgan hayvon oshqozonidan olingan shirdon fermenti bilan ishlangan boʻlsa va ularga najosat aralashmagan boʻlsa, ularni yeyish joiz.  (Oshqozondan olingan shirdon (oshqozonning 4-boʻlimi) fermenti (rennet, rennin, ximozin)bu sutni ivituvchi fermentlar tplami blib, odatda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonidan olinadi. U asosan pishloq ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu mahsulot sutdagi kazein oqsilini parchalaydi, natijada sut ivib, qattiq qism (pishloq) va suyuqlik (zardob) ajralib chiqadi – tarjimon).

Agar musulmon bunday narsalarga shubha qilsa, u holda shubhali narsalardan tiyilish afzalroqdir

عن النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ وَأَهْوَى النُّعْمَانُ بِإِصْبَعَيْهِ إِلَى أُذُنَيْهِ إِنَّ الْحَلَالَ بَيِّنٌ وَإِنَّ الْحَرَامَ بَيِّنٌ وَبَيْنَهُمَا مُشْتَبِهَاتٌ لَا يَعْلَمُهُنَّ كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ فَمَنِ اتَّقَى الشُّبُهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِينِهِ وَعِرْضِهِ وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ وَقَعَ فِي الْحَرَامِ كَالرَّاعِي يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى يُوشِكُ أَنْ يَرْتَعَ فِيهِ أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى أَلَا وَإِنَّ حِمَى اللَّهِ مَحَارِمُهُ أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ

«Nuʼmon ibn Bashir roziyallohu anhu barmoqlari bilan quloqlariga ishora qilib aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida kp odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va shaʼni uchun oʻzini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qriqxona atrofida chponlik qilib, ungatib ketay degan chpongaxshaydi.

Ogoh bling! Albatta, har bir podshohning qriqxonasi bordir.

Ogoh bling! Allohning yerdagi qriqxonasi harom qilgan narsalaridir.

Ogoh bling! Tanada bir parcha gsht bor, u solom blsa, butun tana solom bladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bling! Oʻsha narsa qalbdir» (Muslim, 1599).

Demak, oʻlaksa, qon, Allohdan boshqaga atab syilgan yoki Allohdan boshqaning nomi bilan syilgan hayvonlar kabi haromligi aniq mahsulotlardan tashqari oziq-ovqatlar haloldir. Savolda aytilgan yeguliklar tarkibiga harom aralashgan blsa chetlanish kerak. Agar ishonchingiz komil blmasa, ortiqcha vasvasaga berilmagan holda, shubhali narsalardan tiyilish taqvo bladi. Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Jonli mavjudotlarning rasmi boʻlgan jurnallar

    Ichida suratlar boʻlgan Islomiy jurnallarni saqlashning hukmi nima?
  • Meros masalasi

    Kimdir menga ushbu holatda meros boʻyicha shariat hukmini aytib bera oladimi: Mening otam vafot etdi, undan toʻrt oʻgʻil, uch qiz va onam merosxoʻr boʻlib qoldi.
  • Makruh vaqtda tahiyyatul masjid namozini oʻqish

    Agar kishi namoz oʻqishdan qaytarilgan vaqtda masjidga kirsa, ikki rakaat tahiyyatul masjid namozini oʻqiydimi?
  • Riboviy moldan foydalanish

    Savolim koʻplab muhtoj musulmonlar uchundir, ular oʻqish toʻlov-kontraktini toʻlay olmaganliklari sababli oʻquv dargohlaridan haydalmoqdalar. Ularning koʻpchiligida foizli bank hisoblari bor, lekin ular buni harom boʻlgani uchun ishlatmaydilar. Biz bu foizlarni nima qilishimiz kerak? Ularni bankka qoldirishimiz kerakmi yoki bu holatda gʻayriislomiy taʼlim muassasalariga oʻqish haqini toʻlash uchun ishlatish mumkinmi? Ishonarli dalillar keltirishingizni soʻrayman. Bu masala juda muhim va dolzarb, chunki yangi semestr endigina boshlandi va toʻlov-kontraktini toʻlash uchun mablagʻ yoʻq.
  • Ayollarning jamoat boʻlib namoz oʻqishlari hukmi

    Agar bir guruh ayollar jam boʻlishsa va ular orasida biror erkak boʻlmasa, bu holatda ular namozni jamoat boʻlib oʻqishadimi yoki har biri alohida-alohida oʻqishi kerakmi?
  • Sajdai sahvning qazosi bormi?

    Namozda sahv sajdasi qilish vojib boʻlib, salom berish asnosida unutib sajda qilinmasa namoz botil boʻladimi? Namozdan keyin bu holatni tuzatish yoʻli bormi yoki namozni toʻliq qayta oʻqish kerakmi? Agar kishi sunnat namozini oʻqiyotganda eslab qolsa, namozini toʻxtatishi kerakmi?