Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Bomdod uchun nechta azon bor?
Fatvo: 209

O'qildi: 275

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Bomdod uchun nechta azon bor?

Savol

Bomdod namozi uchun nechta azon bor? Agar mahalladagi barcha musulmonlar masjidda jamlangan boʻlsalar, «Namoz uyqudan afzaldir» degan soʻzning foydasi qoladimi? Men bu ishni qilish bidʼat ekanligini eshitganman. Bu masala bilan bogʻliq hadis bormi? Iltimos, menga bu mavzu haqida biron narsa yuboring.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrida bomdod namozi uchun ikki azon aytilar edi. Birinchisi bomdod tongidan oldin boʻlib – bedor(ibodatda) boʻlgan kishi qaytishi va uxlayotgan kishi uygʻonishi uchun aytilardi. Ikkinchisi vaqt kirgandan soʻng – vaqt kirganini bildirish va odamlarni namozga chaqirish hamda azonning boshqa foydalari uchun aytilardi.

Jumhur ulamolar «Namoz uyqudan yaxshidir» iborasi ikkinchi azonda aytilishi kerakligini taʼkidlashgan. Shuning uchun muazzin odamlar masjidda boʻlsa ham, bu soʻzlarni aytishga eʼtibor berishi va uni aytishi kerak. Chunki bu soʻzlarda xayolimizga kelmaydigan foydalar bor. Bunda odamlarga ushbu haqiqatni eslatish bor: «namoz uyqudan afzaldir» – bugungi kun uchun ham, bugundan keyingi kunlar uchun ham. Musulmonlar, garchi masjidda hozir boʻlsalar ham, bu soʻzlarni muazzinning ortidan takrorlash orqali qoʻshimcha savob olishadi. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

«إِذَا سَمِعْتُمُ الْمُؤَذِّنَ فَقُولُوا مِثْلَ مَا يَقُولُ»

«Muazzinni (azon aytayotganini) eshitsangiz, uning aytganini aytib turinglar».
Sahihi Muslim 384.

Bundan tashqari, masjidga yaqin boʻlgan ayollar va bolalar, hatto musulmon jinlar ham bu soʻzlardan foydalanishlari mumkin. Ehtimol, masjidda mudragan yoki oʻtirgan holda uxlab qolgan kishilar ham bordir. Shuning uchun bu sunnatni saqlab qolish va uni tark etmaslik kerak.

Alloh taolo siz-u bizni sunnatga ergashish va unga eʼtiborli boʻlishga muvaffaq aylasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Roʻza tutib namoz oʻqimaydigan kishilarga eslatma

    Agar inson Ramazon ro‘zasini tutishga va faqat Ramazonda namoz o‘qishga haris bo‘lsa-yu, lekin Ramazon tugashi bilanoq namozni tark etsa, uning ro‘zasi qabul bo‘ladimi?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda bolalarni masjidga kiritmaslik hukmi

    Bolalarning onalari bilan taroveh namoziga kelishini taqiqlashimiz kerakmi, chunki ular koʻpincha tartibni buzib, xalaqit berishadi?
  • Parklarda namoz o‘qish hukmi

    Umumiy bog‘larda namoz o‘qish hukmi qanday? Ma’lumki, bu bog‘lar unda g‘alati hid tarqatadigan suv bilan sug‘oriladi. Men tushunishimcha, bu suvlar oqova suvlardan tozalangan yoki najas chuqurlardan sizib chiqadigan suvlar. Hay’at (diniy politsiya) odamlarni bu bog‘larda namoz o‘qishdan taqiqlaydimi? Iltimos, bu masalada to‘g‘ri yo‘lni tushuntirib bering.
  • Avvobin namozi nima?

    Iltimos, avvobin namozi qanday ado etilishini va shariatda bunday ibodat borligini tasdiqlovchi dalillarni tushuntirib bersangiz. Men bu namoz haqidagi hadisni topolmayapman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.