Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Masjid ahkomlari » Cherkov binolarini namoz o‘qish uchun ijaraga olish hukmi
Fatvo: 1833

O'qildi: 168

29.10.2025

/ 7 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Cherkov binolarini namoz o‘qish uchun ijaraga olish hukmi

Savol

Cherkovlarda odatda haykallar va boshqa shirk unsurlari bo‘lishiga qaramay, uning binosini besh vaqt namoz, juma yoki hayit namozlarini ado etish uchun ijaraga olishning hukmi qanday? Ma’lumki, cherkovlar ko‘pincha nasroniylardan ijaraga olinadigan eng arzon joylar hisoblanadi. Ba’zi universitetlar yoki xayriya tashkilotlari musulmonlarga bayram tadbirlarini o‘tkazish imkonini berish maqsadida cherkov binolarini ijaraga olib berishadi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Musulmonlar imkon qadar o‘zlarining maxsus ibodatgohlarini qurishga harakat qilishlari lozim. Bu ibodatgohlar Islom shariatiga muvofiq, isrofsiz va ortiqcha bezaklardan holi bo‘lishi kerak.

Agar masjid qurish imkoniyati bo‘lmasa va namoz o‘qish uchun maxsus joy zarur bo‘lsa, ammo cherkovdan boshqa joy topilmasa, bu holatda zarurat sababli cherkovni ijaraga olish va unda namoz o‘qish joizdir.

Shu bilan birga, haykallar va suratlar joylashgan tomonga qarab namoz o‘qishdan ehtiyot bo‘lish, agar ular qibla tomonda bo‘lsa, ularni parda yoki boshqa narsa bilan to‘sish lozim (Manba: Islom Fiqhi Akademiyasi, 109-bet).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • Ramazonda bolalarni masjidga kiritmaslik hukmi

    Bolalarning onalari bilan taroveh namoziga kelishini taqiqlashimiz kerakmi, chunki ular koʻpincha tartibni buzib, xalaqit berishadi?
  • Masjidga aylantirish uchun cherkov sotib olish

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya shtatidagi bir shaharda musulmonlar jamoasi bor. Ular besh vaqt namoz va juma namozlari uchun masjid qurmoqchi. U yerda sotuvdagi cherkov bor. Ular bu cherkovni sotib olib, undagi xochlar, osilgan va o‘yma tasvirlarni olib tashlagach, masjidga aylantirishi joizmi?
  • Ko‘ngilochar maskanlarni masjidlarga aylantirish

    Spirtli ichimliklar sotiladigan joylar va raqs maydonchalarini sotib olib, ulardan masjid va ibodatxona sifatida foydalanish joizmi?
  • Kofirlar masjidga kirishi joizmi?

    Kofirlarlarning masjidga kirishining hukmi qanday?