Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Masjid ahkomlari » Kofirlar masjidga kirishi joizmi?
Fatvo: 2192

O'qildi: 130

09.12.2025

/ 18 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Kofirlar masjidga kirishi joizmi?

Savol

Kofirlarlarning masjidga kirishining hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Masjidul Harom va uning atrofidagi butun Haram hududiga har qanday kofirlarni kiritish musulmonlarga man etilgan. Bunga Allohning quyidagi oyati asos bo‘ladi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُوا الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَٰذَا﴾

«Ey mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, (ular) bu yildan so‘ng Masjidul-Haromga yaqin kelmasinlar!» (Tavba: 28).

Boshqa masjidlarga keladigan bo‘lsak, ba’zi fuqaholar buning haromligini ko‘rsatuvchi dalillar bo‘lmagani sababli uni ruxsat etilgan deb hisoblashgan. Ayrim fuqaholar esa Masjidul Haromga qiyoslab, joiz emas deb aytishgan. To‘g‘ri fikr shuki, diniy manfaat yoki zarurat bo‘lsa, ruxsat etiladi. Masalan, ularni Islomga da’vat qiladigan so‘zlarni eshitish yoki masjiddan suv ichish kabi ehtiyojlari uchun va shunga o‘xshash holatlarda kirishlari mumkin.

Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Sumoma ibn Usolni musulmon bo‘lishidan oldin masjidda bog‘lab qo‘ygan edilar. Shuningdek, Saqif qabilasining vakillari va Najronlik nasroniy elchilarni ham musulmon bo‘lishlaridan oldin masjidga joylashtirgan edilar. Bu amalning ko‘plab foydalari bor edi: ular Payg‘ambar alayhissalomning va’z-nasihatlarini tinglashar, namoz o‘qiyotgan va Qur’on tilovat qilayotgan kishilarni kuzatishar edi. Bundan tashqari, masjidda doimiy qolib ketadiganlar uchun boshqa ulkan foydalar ham mavjud edi» (Doimiy qo‘mita fatvolaridan 6/276).

Agar ba’zi kofirlar masjidga kirib, musulmonlar namozni qanday o‘qishini ko‘rishni so‘rasalar, ular masjidni bulg‘aydigan biror narsa olib kelmasalar, ular orasida ochiq-sochiq kiyingan ayollar bo‘lmasa va shunga o‘xshash to‘siqlar bo‘lmasa, ularni masjidga kiritib, musulmonlarning orqasida o‘tirib namozni kuzatishlariga ruxsat berishning zarari yo‘q.  Biz ularning holatini bilmay, ularga baqiradigan musulmonlarni ogohlantirishimiz kerak.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • Ramazonda bolalarni masjidga kiritmaslik hukmi

    Bolalarning onalari bilan taroveh namoziga kelishini taqiqlashimiz kerakmi, chunki ular koʻpincha tartibni buzib, xalaqit berishadi?
  • Masjidga aylantirish uchun cherkov sotib olish

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya shtatidagi bir shaharda musulmonlar jamoasi bor. Ular besh vaqt namoz va juma namozlari uchun masjid qurmoqchi. U yerda sotuvdagi cherkov bor. Ular bu cherkovni sotib olib, undagi xochlar, osilgan va o‘yma tasvirlarni olib tashlagach, masjidga aylantirishi joizmi?
  • Ko‘ngilochar maskanlarni masjidlarga aylantirish

    Spirtli ichimliklar sotiladigan joylar va raqs maydonchalarini sotib olib, ulardan masjid va ibodatxona sifatida foydalanish joizmi?
  • Qarovsiz qolgan masjidlar

    Ma’lum vaqtdan so‘ng musulmonlardan bo‘shab qolishi mumkin bo‘lgan viloyat yoki shaharda masjid qurish yoki binoni masjidga aylantirish joizmi? Misol uchun, Amerikada musulmon talabalar ma’lum hududlarda masjid qurishadi, ammo ular o‘qishni tugatib, vatanlariga qaytganlaridan so‘ng masjid tashlandiq yoki deyarli tashlandiq holda qoladveradimi?