O'qildi: 54
Sentabr 29, 2025
/ 7 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Duo — Iltijolar » Sahih boʻlmagan duolar
Savol
Kishi duosida «Allohim, Sendan falonchining hurmati bilan yoki falonchining haqqi bilan so‘rayman» deyishining hukmi qanday? Bu bilan qabrdagi odamga «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish o‘rtasida farq bormi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolodan birovning haqqi-hurmatini vasila qilish, hatto payg‘ambarlar yoki nabiylarning yoxud avliyolar yo solih kishilarning haqqi-hurmatini oʻrtaga qoʻyish joiz emas.
Chunki Alloh oldida hech kimning haqqi yo‘q, faqat Allohning ismlari va sifatlari bilangina so‘rash joizdir. Alloh taolo aytganidek:
«Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, Unga o‘sha ismlar ila duo qilinglar» (A’rof: 180).
Ammo qabr egasiga: «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish esa, ochiq-oydin shirkdir, chunki bunda Allohdan boshqaga iltijo qilinmoqda. Birovning haqqi-hurmatini oʻrtaga qoʻyib so‘rash shirkka olib boruvchi vosita, maxluqqa iltijo qilish esa ibodatdagi shirkdir.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?