Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzadorga ruxsat berilgan ishlar » Ramazon kunduzida unutib yeb-ichish
Fatvo: 12589

O'qildi: 84

20.02.2026

/ 3 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazon kunduzida unutib yeb-ichish

Savol

Ramazon oyida kunduzi bilmay yeb-ichib qoʻygan kishining hukmi qanday boʻladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bunday kishiga hech qanday jarima yoʻq va uning roʻzasi buzilmaydi. Buning sababi, Alloh taolo Baqara surasining oxirida shunday marhamat qilganidadir:

﴿رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا إِنْ نَسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا﴾

«Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan boʻlsak, bizni azobingga giriftor aylama!» (Baqara: 286).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sobit boʻlgan sahih rivoyatda Alloh subhanahu va taolo: «Shunday qildim», degan.

Shuningdek, muttafaqun alayh hadisda keladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ : «مَنْ أَكَلَ نَاسِيًا وَهْوَ صَائِمٌ فَلْيُتِمَّ صَوْمَهُ فَإِنَّمَا أَطْعَمَهُ اللهُ وَسَقَاهُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim roʻzador holida unutib yeb qoʻysa, roʻzasini oxiriga yetkazsin. Uni Alloh yedirib-ichiribdi, xolos», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6669; Sahihi Muslim, 1155).

Shuningdek, agar unutib jinsiy aloqa qilib qoʻysa ham, ulamolarning ikki xil qarashlaridan sahihrogʻiga koʻra, roʻzasi durustdir. Bunga oyat karima, yuqorida zikr qilingan va quyidagi hadisi shariflar dalil boʻladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أَفْطَرَ فِي رَمَضَانَ نَاسِيًا فَلَا قَضَاءَ عَلَيْهِ وَلَا كَفَّارَةَ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonda unutib roʻzasini ochib yuborsa, unga qazo ham, kafforat ham vojib boʻlmaydi», dedilar» (Mustadrak Hokim, 1569; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihul Jomeʼ», 6070). Ushbu hadis roʻza tutgan kishi roʻzasini unutib jinsiy yaqinlik qilishi va roʻzani buzadigan boshqa ishlarni oʻz ichiga oladi. Bu Allohning rahmati, fazli va ehsonining namoyon boʻlishidir. Shuning uchun, barcha hamd-u sanolar Allohning Oʻzigadir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish

    Saharlikdan oldin ehtilom bo‘ldim va g‘usl qilishga imkonim yo‘q edi. G‘usl qilishdan qattiq uyalardim, chunki ota-onam bu haqda (ehtilom bo‘lganimni) bilib qolishardi. Shu sababli saharligimni g‘usl qilmasdan yedim. Afsuski, shu kuni ertalab bomdod namozini ham o‘qimadim, lekin keyinroq g‘usl qilib, namozimning qazosini o‘qidim. Ro‘zam qabul bo‘lganmi yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchiman, chunki junub holda saharlik qilganim xato boʻldimi degan gumondaman.
  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ro‘zadorning tishini davolatishi

    Ro‘zadorning tish shifokoriga borishi joizmi? Tishlarimni davolatishim kerak. Ramazonda, roʻzador holimda tish shifokoriga borsam-u, tomog‘imga tasodifan biror narsa ketib qolsa (va men uni beixtiyor yutib yuborsam), nima bo‘ladi? Bunday holatning shar’iy hukmi qanday?
  • Ro‘zada tish pastasidan foydalanish

    Ro‘zador holatda tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash joizmi? Bilishimcha, agar pasta tomoqqa yetib bormasa (yutilmasa), bu joiz. Iltimos, bu mavzuda o‘z fikringizni bildirsangiz.