Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 13767

O'qildi: 93

25.02.2026

/ 8 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ro‘zadorning tishini davolatishi

Savol

Ro‘zadorning tish shifokoriga borishi joizmi? Tishlarimni davolatishim kerak. Ramazonda, roʻzador holimda tish shifokoriga borsam-u, tomog‘imga tasodifan biror narsa ketib qolsa (va men uni beixtiyor yutib yuborsam), nima bo‘ladi? Bunday holatning shar’iy hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahullohdan so‘raldi:

«Agar kishining tishi og‘rib, shifokorga murojaat qilsa, shifokor esa tishini tozalasa, plomba qo‘ysa yoki tishlaridan birini olib tashlasa, bu uning ro‘zasiga ta’sir qiladimi? Shifokor tishni og‘riqsizlantirish uchun ukol qilsa, buning ro‘zaga ta’siri bormi?»

U kishi shunday javob berdilar: «Savolda zikr qilingan ishlarning ro‘zaning sahihligiga ta’siri yo‘q, boz ustiga, bu uzrli holatdir. Ammo dori yoki qondan biror narsani yutib yuborishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Xuddi shuningdek, zikr qilingan ukol ham ro‘zaning durust bo‘lishiga ta’sir qilmaydi, chunki u yeyish va ichish ma’nosida emas. Asl qoida ro‘zaning durustligi va toʻliqligidir. Iqtibos tugadi («Islom arkonlariga oid muhim javoblar»).

Agar kechasi shifokorga borish imkoningiz bo‘lsa, bu avloroqdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish

    Saharlikdan oldin ehtilom bo‘ldim va g‘usl qilishga imkonim yo‘q edi. G‘usl qilishdan qattiq uyalardim, chunki ota-onam bu haqda (ehtilom bo‘lganimni) bilib qolishardi. Shu sababli saharligimni g‘usl qilmasdan yedim. Afsuski, shu kuni ertalab bomdod namozini ham o‘qimadim, lekin keyinroq g‘usl qilib, namozimning qazosini o‘qidim. Ro‘zam qabul bo‘lganmi yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchiman, chunki junub holda saharlik qilganim xato boʻldimi degan gumondaman.
  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ro‘zada tish pastasidan foydalanish

    Ro‘zador holatda tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash joizmi? Bilishimcha, agar pasta tomoqqa yetib bormasa (yutilmasa), bu joiz. Iltimos, bu mavzuda o‘z fikringizni bildirsangiz.
  • Ramazon kunduzida unutib yeb-ichish

    Ramazon oyida kunduzi bilmay yeb-ichib qoʻygan kishining hukmi qanday boʻladi?