Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namozdagi qiroat » Namozda mus’hafni ushlab qur’on o‘qish hukmi
Fatvo: 1255

O'qildi: 176

05.09.2025

/ 13 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi: »

Namozda mus’hafni ushlab qur’on o‘qish hukmi

Savol

Taroveh va kusuf (quyosh tutilishi) namozlarida Mus’hafni ushlab Qur’on o‘qish joizmi yoki joiz emasmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ramazondagi tungi namozlarda (shu jumladan, taroveh namozida) Mus’hafni ushlab Qur’on o‘qishda hech qanday to‘siq yo‘q, chunki bu barcha namozxonlarga Qur’onni to‘liq tinglash imkonini beradi. Bundan tashqari, Qur’on va Sunnatdagi shar’iy dalillar namozda Qur’on o‘qish mashru’ligini ko‘rsatadi va bu Mus’hafdan ham, yoddan ham o‘qishni o‘z ichiga oladi.

Oisha roziyallohu anhodan (namozda) Mus’hafni ushlab Qur’on o‘qish haqida rivoyat kelgan. U kishi ozod qilgan quli Zakvonga imomlik qilishni buyurgan va u Ramazondagi tungi namozda Mush’afni ushlab qiroat qilgan. Buni imom Buxoriy rahimahulloh o‘zining «Sahih» kitobida muallaq holatda va jazm bilan (qat’iy tarzda) keltirgan.

وَكَانَتْ عَائِشَةُ يَؤُمُّهَا عَبْدُهَا ذَكْوَانُ مِنَ الْمُصْحَفِ وَوَلَدِ الْبَغِيِّ وَالْأَعْرَابِيِّ وَالْغُلَامِ الَّذِي لَمْ يَحْتَلِمْ لِقَوْلِ النَّبِيِّ يَؤُمُّهُمْ أَقْرَؤُهُمْ لِكِتَابِ اللهِ

«Oisha roziyallohu anhoning qullari Zakvon mushafga qarab, u kishiga imomlik qilar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Allohning Kitobini eng yaxshi qiroat qiluvchi ularga imom bo‘ladi», degan so‘zlariga binoan, valadi zinoning, sahroyining va balog‘atga yetmagan qulning imomligi ham joizdir» (Sahihi Buxoriy, 1/140).

Izoh: Hanafiy mazhabiga ko‘ra, Mus’hafga qarab qiroat qilish namozni buzadi. Chunki bunda namoz amallaridan bo‘lmagan harakat ko‘payib ketadi. Qolaversa, bu koʻrinish ahli kitoblarning amaliga o‘xshab qolishi ham mumkin. Umar roziyallohu anhu ham bunday qilishdan qaytarganlar. Hanafiylar yuqoridagi holatni «Oisha roziyallohu anhoning ijtihodlaridir», deyishadi. Nima bʻolgan taqdirda ham, namozxon qaysi fikrga amal qilishidan qat’i nazar, boshqa tomonni tanqid qilmasligi va ijtihod masalalarida bag‘rikeng bo‘lishi lozim. Oisha onamizning ijtihodlariga koʻra Mus’hafga qarab namoz oʻqiydiganlarni ham, Umar roziyallohu anhuning ijtihodiga binoan Mus’hafga qarashni ma’qul ko‘rmaydiganlarni ham ayblamaslik kerak. Bunday fiqhiy masalalar tufayli ummatning birligiga putur yetmasligi lozim. Aksincha, har ikki taraf bir-biriga nisbatan o‘zaro bag‘rikenglik namoyon etishi kerak. Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda haj va umra paytida barcha mazhab vakillari bilan birga bir safda qanday namoz oʻqiyotgan boʻlsa, o‘z yurtida ham xuddi shunday yo‘l tutishi, o‘zaro bag‘rikenglik ko‘rsatishi va ijtihod masalalarida tanqiddan tiyilishi lozim.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Taroveh namozini uyda o‘qish hukmi

    Musulmon kishi taroveh namozini uyda o‘qishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, necha rakaat oʻqish kerak? Uning maxsus duolari bormi?Ro‘zador holatda yuzga yoki badanning boshqa qismlariga krem surtish joizmi?
  • Ramazonda bolalarni masjidga kiritmaslik hukmi

    Bolalarning onalari bilan taroveh namoziga kelishini taqiqlashimiz kerakmi, chunki ular koʻpincha tartibni buzib, xalaqit berishadi?
  • Tarovehni uch rakaat oʻqigan imom

    Imom taroveh namozida uchinchi rakaatga turib, namozni tugatdi. Soʻngra unga uch rakaat oʻqiganini aytishdi. U sajdai sahv qiladimi yoki uni toʻrt rakaat qilib toʻldiradimi?
  • Imomning taroveh namozidagi xatosi

    Tarovih namozida imom ikkinchi rakaatda tashahhud uchun oʻtirishni unutib, oʻrnidan tursa-yu, soʻng bir necha soniyadan keyin Fotiha surasini oʻqimasdan tezda tashahhudga qaytib oʻtirsa, imom va unga iqtido qilayotganlar uchun nima vojib boʻladi?
  • Tarovehda musʼhaf koʻtarib namoz oʻqish hukmi

    Taroveh namozlarida imomning qiroatini kuzatish maqsadida Qurʼoni Karimni koʻtarib turishning hukmi qanday?
  • Taroveh namozi rakaatlari borasida ixtilof chiqarmang

    Men bu savolni ilgari ham bergan edim va oldingi javob qoniqarsiz boʻlgani uchun, iltimos, menga foydali boʻladigan javob berishingizni soʻrayman. Savol taroveh namozi haqida: u 11 rakaat boʻladimi yoki 20 rakaatmi? Sunnatda 11 rakaat deyilgan, Shayx Alboniy «Qiyom va taroveh» kitobida 11 rakaatni zikr qilganlar. Baʼzi odamlar 11 rakaat oʻqiydigan masjidlarga borsa, boshqalari 20 rakaat oʻqiydigan masjidlarga boradi. Bu masala bizning Qoʻshma Shtatlarda juda nozik mavzuga aylangan. 11 rakaat oʻqiydiganlar 20 rakaat oʻqiydiganlarni tanqid qiladi va aksincha, 20 rakaat oʻqiydiganlar 11 rakaat oʻqiydiganlarni tanqid qiladi. Hatto Masjidul Haromda ham 20 rakaat namoz oʻqishadi, bu esa ixtilof manbaiga aylanib qolgan. Nega Masjidul Harom va Masjidun Nabaviydagi namoz sunnatdan farq qiladi? Nega Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda tarovehni 20 rakaat oʻqishadi?