Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Xatna qilish va yangi musulmon uchun ism tanlash
Fatvo: 1150

O'qildi: 127

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Xatna qilish va yangi musulmon uchun ism tanlash

Savol

Men Daniyalik yigitman, ancha vaqtdan beri Islom diniga qiziqib kelaman. Hozir shunday bosqichga yetdimki, toʻlaqonli musulmon bo‘lishga qat’iy qaror qildim. Mening savollarim quyidagicha:

1. Musulmon bo‘lish uchun xatna qilingan bo‘lishim kerakmi (buni mamnuniyat bilan qabul qilaman)? Buni shifokor yoki imom bajaradimi yoki o‘zim qila olamanmi?

2. Musulmon bo‘lganimda ismimni o‘zgartirish haqiqatan ham quvonchli voqea bo‘lishini his qilyapman. Quyidagi ismlardan qaysi biri yangi ismim sifatida eng maqbul bo‘lishini bilmoqchiman: Qosim, Osim, Taymulloh yoki Said. Xabarimga javob bersangiz, minnatdor bo‘lardim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sizni haq dinga hidoyat qilgan Alloh taologa hamd-u sanolar, hidoyat paygʻambari boʻlgan Rasulullohga salavot va salomlar boʻlsin.

Avvalo, sizni to‘g‘ri yo‘lga Alloh hidoyat qildi. Zotan, Allohning hidoyati bo‘lmaganida haq yo‘lni topa olmas edingiz. Sizning Islom diniga kirish istagingiz haqidagi xabar bu kechadagi eng quvonchli yangilik bo‘ldi. Allohdan sizni haq yoʻlda muvaffaqiyatli va Islomda sobitqadam aylashini so‘raymiz.

Birinchi savolingizga kelsak, agar xatna sizga zarar yetkazmasa, uning tajribasi va mahoratiga ishongan jarroh doktorga qildirishingiz mumkin. Agar bu amaliyot sizga zarar yetkazadigan bo‘lsa, xatna qildirmasangiz ham boʻladi va bu diningizga, iymoningizga zarar yetkazmaydi, inshaalloh.

Ismingizni o‘zgartirish masalasiga kelsak:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِنَّ أَحَبَّ أَسْمَائِكُمْ إِلَى اللهِ، عَبْدُ اللهِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ismlaringizning Allohga eng suyuklisi  –  Abdulloh va Abdurrahmondir», dedilar» (Sahihi Muslim, 2132).

Agar oʻzingiz taqdim etgan ro‘yxatdan ism tanlashimizni istasangiz, u holda «Osim» ismini tanlashingiz mumkin. Bu ism arab tilida «himoyachi» yoki «saqlovchi» degan ma’noni anglatadi.

Alloh taolodan sizga Islom soyasida xayrli va baxtli hayot ato etishini so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Islomga kirish basketbol o‘yinidan qaytaradimi?

    Men musulmon bo‘lmagan yosh yigitman. Agar Islom dinini qabul qilsam basketbol o‘ynashim joiz bo’ladimi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Xatna qilinmagan erkakning imom boʻlishi

    Agar erkak yoki ayol o‘ttiz yoshda yoki undan katta yoki kichik yoshda Islomni qabul qilsa, ular xatna qilishlari shartmi va xatna qilinmagan erkak namozda imomlik qilishi joizmi?
  • Haq din izlayotgan tadqiqotchidagi shak-shubhalar

    Men Islom diniga qiziquvchi g‘ayrimusulmonman va izlanishlarim davomida meni hayratlanlantirgan ba’zi ma’lumotlarga duch keldim. Men Ibrohim va Ismoil Ka’badan barcha butlarni olib tashlashgan, lekin «Iloh» degan bir but qolgani haqida ma’lumot o’qidim. Unda «Alloh» ismi shundan olingan va bu iloh butparastlikda oy xudosi bo‘lgan, uning ramzi hilol bo‘lgan va ramazon oyi oy harakatiga qarab belgilanishi aytilgan. Men bunday din mavjud bo‘lganmi yoki yo‘qmi va Islom haqiqatan ham butparastlik an’anasiga bog‘liqmi, shu haqida bilmoqchi edim.