Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Sunnat insonlarning dunyoviy ishlarini boshqaradimi?
Fatvo: 1053

O'qildi: 244

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Sunnat insonlarning dunyoviy ishlarini boshqaradimi?

Savol

Sunnatni butunlay rad etuvchi mazhab kabi xavfli bo‘lgan yana bir oqim mavjud. Ular: «Biz sunnatni ibodat masalalarida shar’iy manba sifatida qabul qilamiz, ammo tartib-qoidalar yoki xulq-atvor kabi dunyo ishlarida sunnatga ergashishga majbur emasmiz», deyishadi. Ular xurmo daraxtlarini changlatish voqeasi kabi zaif dalillarga yopishib oladilar. Ularga qanday javob berishimiz kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Xurmo daraxtlarini changlatish qissasining xulosasi quyidagicha:

عَنْ عَائِشَةَ وَعَنْ ثَابِتٍ ، عَنْ أَنَسٍ « أَنَّ النَّبِيَّ مَرَّ بِقَوْمٍ يُلَقِّحُونَ، فَقَالَ: لَوْ لَمْ تَفْعَلُوا لَصَلَُحَ. قَالَ: فَخَرَجَ شِيصًا، فَمَرَّ بِهِمْ فَقَالَ: مَا لِنَخْلِكُمْ؟ قَالُوا: قُلْتَ كَذَا وَكَذَا. قَالَ: أَنْتُمْ أَعْلَمُ بِأَمْرِ دُنْيَاكُمْ ».

Oisha va Anas roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam xurmoni changlatayotgan odamlarning oldidan o‘tib qolib, «Bunday qilmasangiz ham yaxshi bo‘ladi», dedilar. Lekin (o‘sha yili) meva puch bo‘lib qoldi. U zot ularning oldidan yana o‘tganlarida «Xurmolaringizga nima bo‘ldi?» degan edilar, «Siz shunday-shunday degan edingiz», deyishdi. U zot: «Dunyo ishlarini o‘zlaringiz yaxshiroq bilasiz», dedilar» (Sahihi Muslim, 2363).

Bu rivoyat, agar biror narsaga dalolat qilsa, halollik, haromlik, durustlik va noto‘g‘rilik nuqtayi nazaridan qonunchilikka aloqasi bo‘lmagan dunyoviy ishlar tajribaga asoslanganligiga ishora qiladi. Bunday masalalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Rabbisidan yetkazuvchi sifatidagi vazifasi doirasiga kirmaydi. Aksincha, bu hadis shunday ishlarni tajriba orqali o‘rganish lozimligini ko‘rsatadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga qonunchilikka aloqasi bo‘lmagan dunyoviy masalalarda eng yaxshi yechimni topish uchun harakat qilish, tadqiqot va izlanish olib borish, kuzatuvlarimizni tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va boshqa sohalarda rivojlanishimizga yordam beradigan ishlarni qilishga undovchi amaliy namuna ko‘rsatdilar. Shariat aniq hukm bermagan masalalarda bizga Islomning umumiy ko‘rsatmalari, masalan, zarar yetkazmaslik yoki zararni qaytarmaslik qoidasi kabi tamoyillar doirasida harakat qilishga ruxsat berilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga qonunchilikka aloqasi bo‘lmagan dunyoviy masalalarda eng yaxshi yechimni topish uchun harakat qilish, tadqiqot va izlanish olib borish, kuzatuvlarimizni tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va boshqa sohalarda rivojlanishimizga yordam beradigan ishlarni qilishga undovchi amaliy namuna ko‘rsatdilar.

Shariat aniq hukm bermagan masalalarda bizga Islomning umumiy ko‘rsatmalari, masalan, «zarar yetkazmaslik va oʻzi ham zarar koʻrmaslik» qoidasi kabi tamoyillar doirasida harakat qilishga ruxsat berilgan.

Bu voqea va uning oqibatlari bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning biror narsani halol yoki harom deb aytishlari, yoki biror ishni jazoga loyiq yoki loyiq emas deb belgilashlari, yoki biror savdoni durust yoki noto‘g‘ri deb hukm qilishlari o‘rtasida katta farq bor. Chunki bu kabi dunyo va din masalalari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning asosiy vazifalariga kiradi. Alloh bizni u zot yetkazgan har bir narsada itoat etishga buyurgan («Mavsu’atul fiqhiyya», 1/45)

Islomni faqat namoz, ro‘za va haj kabi ibodat marosimlari bilan cheklashga urinayotganlar hamda dinni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalar kabi hayotning turli jabhalarini boshqarishdan ajratmoqchi bo‘lganlar, ya’ni bu sohalarda insonlar o‘zlari xohlaganicha ish tutishlari, hukmronlik qilishlari va qonun chiqarishlari mumkin deb da’vo qilayotganlar kofirlar va jinoyatchilardir. Ular Allohning shariatini odamlar hayotida hokim qilishni xohlamaydilar va Islom insonlarning barcha ishlarini tartibga solishini istamaydilar.

Vaholanki, Alloh Islomni hayotni boshqaruvchi, tartibga soluvchi va yo‘naltiruvchi qonun sifatida nozil qilgan. Usiz turmush, hayot farovon bo‘lmaydi va uning hukmronligisiz baxtga erishish amrimahol. Aksincha, bugungi kunda Allohning qonun-qoidalari bilan boshqarilmaydigan barcha jamiyatlarda ko‘rib turganimizdek, odamlar sarosimaga tushib, adashib, zulm ostida qoladilar.

Biz Allohdan bizni haqqa yo‘llashini, haqni tanish uchun ko‘zimizni ochishini va haqni qabul qilish va haqqa ergashish baxtiga muyassar etishini so‘raymiz.

Allohning salavoti va salomi Payg‘ambarimiz Muhammadga, u zotning oilasi va barcha sahobalariga bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Roʻza tutib namoz oʻqimaydigan kishilarga eslatma

    Agar inson Ramazon ro‘zasini tutishga va faqat Ramazonda namoz o‘qishga haris bo‘lsa-yu, lekin Ramazon tugashi bilanoq namozni tark etsa, uning ro‘zasi qabul bo‘ladimi?
  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?