Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » «ALLOH»ning ismi yozilgan ko‘ylak kiyish
Fatvo: 1047

O'qildi: 293

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

«ALLOH»ning ismi yozilgan ko‘ylak kiyish

Savol

Men Angliyada yashayman. Bizning mamlakatda Lafzi Jalola – «Alloh» ismi yozilgan futbolkalarni ko‘rish odatiy holga aylanib qolgan. Bu noto‘g‘ri, chunki odamlar bunday kiyimlarni ehtiyotsizlik bilan ishlatishlari yoki yerga tashlab yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, shunday kiyimlarni kiyib hojatxonaga kirish joizmi? Bu masalada fikringiz qanday? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu ko‘ylaklarni sotib olish yoki kiyish joiz emas. Uni kiygan kishilarga bu noto‘g‘ri ekanligini tushuntirish kerak. Chunki Allohning ismini bunday kiyimlarga yozish U Zotga nisbatan hurmatsizlik belgisidir va bu, shubhasiz, Allohning ismini tahqirlashga olib boradi, ya’ni uni hammom kabi nopok joylarga tashlash orqali (ayniqsa, kir boʻlganda yuvish uchun) yoki boshqa shaklda hurmatsizlikka sabab boʻladi. undan tashqari, siz va boshqa musulmonlar bu futbolkalarni sotib olmasligingiz bunday mollarning bozorini toraytiradi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni, agar ularning maqsadi tijorat bo‘lsa, bunday so‘zlarni chop etishdan voz kechishga majbur qiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?