Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ayollarning namozda oyoqlarini berkitishlari hukmi
Fatvo: 1046

O'qildi: 371

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Ayollarning namozda oyoqlarini berkitishlari hukmi

Savol

Ayollar namoz o‘qiyotganda oyoqlarini yopishi kerakligiga biror dalil bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Balog‘at yoshiga yetgan ozod ayol namoz o‘qiyotganda yuzi va kaftlaridan tashqari butun badanini yopishi farz hisoblanadi, chunki uning butun badani avratdir. Agar namoz o‘qiyotganda avratining biror joyi, masalan, boldiri, oyog‘i, boshining hammasi yoki bir qismi ochiq qolsa, namozi botil bo‘ladi. Chunki Payg‘ambarimiz shunday deganlar:

عَنْ عَائِشَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ، قَالَ: «لَا يَقْبَلُ اللَّهُ صَلَاةَ حَائِضٍ إِلَّا بِخِمَارٍ»

«Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Alloh hayz ko‘radigan ayolning namozini faqat ximor bilan qabul qiladi», deganlar (Abu Dovud, 641; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Abu Dovud, 641).

Shuningdek, Abu Dovud Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «dir’» (ustki kiyim) va «ximor» (bosh yopinchiq) kiyib, lekin izor (pastki kiyim) kiymasdan namoz o‘qiydigan ayol haqida so‘raganida, u zot: «Ayol avratdir», deb javob berganlar.

Termiziy rivoyat qilgan boshqa hadisda:

عَنْعَبْدِ اللهِ ؛ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْمَرْأَةُ عَوْرَةٌ،» فَإِذَا خَرَجَتِ اسْتَشْرَفَهَا الشَّيْطَانُ.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Ayol kishi avratdir» (begonalarga ko‘rinmasligi kerak). Qachonki (u tashqariga) chiqsa, uning sherigi shayton bo‘ladi», – deganlar (Sunani Termiziy, 1173; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6690).

Yuz masalasiga kelsak, agar begonalar bo‘lmasa, yuzni faqat namoz paytida ochiq qoldirish sunnatdir.

Jumhur ulamolar nazdida, oyoqlarni yopish vojib; ba’zi ulamolar oyoqlarni ochiq qoldirishga ruxsat bersalar-da, ko‘pchilik olimlar buning aksini aytishgan.

Shuning uchun Abu Dovud Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, undan ximor va qomiys (roʻmol va ko‘ylak) kiyib namoz o‘qiydigan ayol haqida so‘rashgan. U: «Agar ko‘ylak uning oyoqlarini yopsa, buning hech qanday zarari yo‘q» deb javob bergan. Har qanday holatda ham, ehtiyot chorasini ko‘rib, oyoqlarni yopish afzalroqdir.

Kaftlarga kelsak, ularni ochish masalasi kengroq. Namozda kaftlarni ochsa ham, toʻssa ham zarari yo‘q. Ba’zi ulamolar yopgani afzalroq deb hisoblaydilar.

Tavfiq Allohdandir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?