Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Izquvarlik va jinlarga uylanish o‘rtasida aloqa bormi?
Fatvo: 1000

O'qildi: 289

25.07.2025

/ 30 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Izquvarlik va jinlarga uylanish o‘rtasida aloqa bormi?

Savol

Odamlar orasida ayrim qabilalar haqida mashhur bir naql bor. Ularning izlarni ilg‘ash, kuzatish va egalarini aniqlash qobiliyati borligi aytiladi. Bu qobiliyat ularning ajdodlaridan biri jin bilan turmush qurgani tufayli paydo bo‘lgan emish. Bu qanchalik haqiqatga to‘g‘ri keladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu gap haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Men inson va jindan tug‘ilgan birorta odamni bilmayman, chunki jinlarning jismoniy tanasi yo‘q. Ular ruhlardir, garchi turli ko‘rinishlarga kira olsalar-da. Izlar va narsalar haqida bilimga ega bo‘lganlarga kelsak, ular farosat, aql, bilim, ziyraklik va tajribaga ega insonlardir.

Alloh taolo izlar va qadamlar o‘rtasidagi farqlarni, xuddi insonlar o‘rtasidagi bo‘y, terining rangi, yosh va qarilikdagi farqlarni yaratganidek, yaratgan. Siz yuz mingta odamni ko‘rsangiz ham, barcha jihatlari bir xil bo‘lgan ikkitasini topa olmaysiz. Ana shu sababdan savolda zikr qilingan qabila boshqalardan ajralib turadi va ular izlar va o‘xshashliklarni yaxshiroq bilishadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?