O'qildi: 26
25.10.2026
/ 14 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Haj va umra ahkomlari
Savol
Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Akangizning o‘g‘illari bilan umraga borishingiz joiz, chunki ular sizga mahramdir.
Qizlaringizga kelsak, agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsalar, ularning mahramsiz safar qilishlari joiz emas.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Er kishi ayol kishi bilan zinhor xoli qolmasin! Mahrami birga bo‘lmasa, ayol kishi zinhor safar qilmasin!» deyayotganlarini eshitibdi. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli, men falon-falon g‘azotga yozilgan edim, ayolim esa haj qilib yo‘lga chiqqan», debdi. U zot: «Bor, ayoling bilan haj qil», debdilar» (Sahihi Buxoriy, 3006; Sahihi Muslim, 1341).
Bu masalada (ayol kishining mahramsiz safar qilishi masalasida) haj, umra yoki boshqa maqsadda safar qilishi o‘rtasida hech qanday ayirma yo‘q, haj boʻlsin, umra boʻlsin yoki boshqa safar boʻlsin, bularning barchasi uchun mahram bo‘lishi shart. Bunga hadislarning umumiyligi hamda ushbu hadisda ayolning hajga chiqqani, shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning eriga jihodni qoldirib, xotini bilan birga hajga borishini buyurganlari dalil bo‘ladi. Agar ayol mahram topmasa, unga umra ham, haj ham vojib bo‘lmaydi.
Agar mahramsiz umraga yo hajga yoki boshqa safarga borsa, ushbu ishi uchun gunohkor bo‘ladi.
Qo‘shimcha malumot uchun 25841-fatvoga murojaat qiling.
Bu javob foydali bo’ldimi?