Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namoz ahkomlari » Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?
Fatvo: 9061

O'qildi: 80

10.08.2026

/ 27 Safar 1448

Fatvo mavzusi: »

Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

Savol

Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

  1. Vitr namozida qunut duosini yodlab olguningizcha varaqdan yoki kitobchadan oʻqishingizda zarar yoʻq. Soʻngra yodlab olgach, oʻqishni tark etib, yoddan duo qilasiz. Xuddi shuningdek, koʻp Qurʼon yod olmagan kishi uchun nafl namozida Musʼhafdan oʻqish joizdir.

Shayx Ibn Boz rahimahullohdan soʻraldi: «Taroveh namozida Musʼhafdan Qurʼon oʻqishning hukmi nima? Bunga Qurʼon va Sunnatdan qanday dalil bor?»

U kishi quyidagicha javob berdilar:

«Ramazonda tungi namozlarda Musʼhafga qarab qiroat qilishning zarari yoʻq, chunki bu amal moʻminlarga Qurʼonni toʻliq eshittirish imkonini beradi. Zero, Qurʼon va Sunnatdagi sharʼiy dalillar namozda Qurʼon oʻqishning mashruʼ ekaniga dalolat qiladi va bu Musʼhafga qarab boʻlsin, yoki yoddan oʻqilsin, ikkisini ham oʻz ichiga oladi. Oisha roziyallohu anhodan sobit boʻlganki, u kishi oʻz mavlolari Zakvonga Ramazon qiyomida imomlik qilishni buyurganlar va u Musʼhafdan oʻqir edi. Buni Buxoriy rahimahulloh oʻz «Sahih»larida taʼliqan, jazm siygʻasi bilan zikr qilganlar» («Fatovo al-Islomiyya», 2/155).

  1. Qunut duosida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamdan vorid boʻlgan lafzlar bilan duo qilish shart emas. Balki namozxon undan boshqa duo qilishi yoki unga qoʻshimcha qilishi joiz. Hatto Qurʼoni Karimdan duoni oʻz ichiga olgan oyatlarni oʻqisa ham, maqsad hosil boʻladi. Navaviy rahimahulloh aytadi: «Bilingki, tanlangan mazhabga koʻra, qunutda muayyan bir duo shart emas. Qaysi duoni qilsa ham, qunut hosil boʻladi. Agar bir oyat yoki Qurʼoni Azizdan duoni oʻz ichiga olgan oyatlar bilan qunut qilsa ham, qunut hosil boʻladi. Lekin afzali sunnatda kelganidir…», («al-Azkar an-Navaviyya», 50-bet).
  2. Savol beruvchi birodarimizning qunut duosi oʻrniga Qurʼon oʻqiganlarini zikr qilganiga kelsak, shubhasiz, buni qilish mumkin emas. Chunki qunutdan maqsad duodir. Shuning uchun, agar bu oyatlar duoni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ularni oʻqish va ular bilan qunut qilish joiz boʻladi, masalan, Alloh taoloning ushbu soʻzi kabi:
﴿رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ ۝٨﴾

«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin — endi dillarimizni haq yoʻldan ogʻdirma va bizga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin! Albatta, Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan!» (Oli Imron: 8).

  1. Savol beruvchi birodarimizning qunutning farzligini zikr qilganiga kelsak, bu toʻgʻri emas, chunki qunut sunnatdir. Shunday ekan, agar namozxon uni tark etsa, namozi sahihdir.

Shayx Ibn Boz rahimahullohdan soʻraldi: «Ramazon kechalarida vitrda qunut duosini oʻqishning hukmi nima va uni tark etish joizmi?»

U kishi javob berdilar:

«Vitr namozida qunut duosini oʻqish sunnatdir. Bu amal gohida tark etilsa ham, zarari yoʻq».

U kishidan har kecha vitrda qunutni davom ettirish hukmi borasida «Bu salaflarimizdan rivoyat qilinganmi?», deb soʻraldi.

U kishi javob berdilar:

«Bunda haraj yoʻq, balki bu sunnatdir. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam Husayn ibn Ali roziyallohu anhumoga vitrda qunutni oʻrgatganlarida, uni baʼzida tark etishga ham, doim qilishga ham buyurmaganlar. Bu esa ikkisi ham joiz ekaniga dalolat qiladi. Shuning uchun Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhudan sobit boʻlganki, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning masjidlarida sahobalar roziyallohu anhumga namoz oʻqib berganlarida, baʼzi kechalar qunutni tark etardilar. Ehtimol, buni odamlarga uning vojib emasligini bildirish uchun qilgandirlar. Vallohu valiyyut-tavfiq» «Fatava Islamiyya» (2/159).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Taroveh namozini uyda o‘qish hukmi

    Musulmon kishi taroveh namozini uyda o‘qishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, necha rakaat oʻqish kerak? Uning maxsus duolari bormi?Ro‘zador holatda yuzga yoki badanning boshqa qismlariga krem surtish joizmi?
  • Ramazonda bolalarni masjidga kiritmaslik hukmi

    Bolalarning onalari bilan taroveh namoziga kelishini taqiqlashimiz kerakmi, chunki ular koʻpincha tartibni buzib, xalaqit berishadi?