Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzani buzadigan narsalar » «Soʻngra kechgacha roʻzani benuqson qilib tutinglar!» Oyatining maʼnosi
Fatvo: 8691

O'qildi: 312

18.02.2026

/ 1 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

«Soʻngra kechgacha roʻzani benuqson qilib tutinglar!» Oyatining maʼnosi

Savol

Qurʼon oʻqiyotib, Baqara surasining 187-oyatida Alloh taoloning: «Soʻngra kechgacha roʻzani benuqson qilib tutinglar!» degan soʻzi haqida oʻylanib qoldim. (Arab tilida «layl» kalimasi tunga nisbatan ishlatiladi, deb bilaman). Koʻpchiligimiz esa shom vaqtida iftor qilamiz. Shu masalani bizga tushuntirib bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning xulosasi:

Oyat bilan roʻzadorning quyosh botganidan keyin ogʻiz ochishi oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻq. Chunki kecha quyosh botishi bilan boshlanadi. Kechaning avvali quyosh botishi, oxiri esa bomdod vaqti kirishidir.

 

Batafsil javob:

Oyat bilan roʻzadorning quyosh botganidan keyin ogʻiz ochishi oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻq. Chunki kecha quyosh botishi bilan boshlanadi. Kechaning avvali quyosh botishi, oxiri esa bomdod vaqti kirishidir. Shuning uchun hadisi sharifda:

عَنْ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِذَا أَقْبَلَ اللَّيْلُ وَأَدْبَرَ النَّهَارُ، وَغَابَتِ الشَّمْسُ فَقَدْ أَفْطَرَ الصَّائِمُ».

Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirib, kun tugasa va quyosh botsa, batahqiq, roʻzadorning iftor vaqti boʻlibdi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1100).

Imom Navaviy aytadi: «Hadisning mazmuni shuki: Quyosh botishi tun boshlanib, kun tugaganini anglatadi va aynan shu paytda roʻzador uchun iftor qilish joiz boʻladi» («Sahihi Muslim sharhi», 7/209).

Qoʻshimcha foyda uchun ushbu javoblarga qarang: 10407, 232822, 106527, 220838, 50120, 37670, 5842, 320679.

Vallohu aʼlam.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za holatida og‘iz chayishning hukmi

    Ro‘za holatida tahorat olayotganda og‘izga suv olish joizmi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?
  • Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

    Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?
  • Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

    Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?