Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzani buzadigan narsalar » Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish
Fatvo: 13956

O'qildi: 92

03.03.2026

/ 14 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

Savol

Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ro‘zadorga va boshqa musulmonlarga barcha vaqtlarda qiladigan va tark etadigan ishlarida Alloh subhanahu va taologa taqvo qilishlari, Alloh harom qilgan narsalardan, ya’ni Alloh harom qilgan yalang‘och va yarim yalang‘och videolar, noma’qul gaplar namoyish etiladigan behayo filmlarni tomosha qilishdan ehtiyot bo‘lishlari vojibdir. Xuddi shuningdek, televideniye orqali ko‘rsatiladigan, Allohning shariatiga zid bo‘lgan videoroliklar, qo‘shiqlar, musiqa asboblari va zalolatga undovchi da’vatlardan saqlanish kerak. Bundan tashqari, ro‘zador bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, har bir musulmon qarta va boshqa behuda o‘yinlar o‘ynashdan chetlanishi vojibdir. Chunki bu munkarni ko‘rish va unga qo‘l urishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, qalbning qotishiga va kasallanishiga, Allohning Shariatiga bepisand qarashga, Alloh vojib qilgan jamoat namozi va boshqa vojiblarni beparvolik ila tark etishga hamda ko‘plab harom ishlarga tushishga sabab bo‘ladi. Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْتَرِي لَهْوَ الْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُولَٰئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُهِينٌ ۝٦ وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ آيَاتُنَا وَلَّىٰ مُسْتَكْبِرًا كَأَنْ لَمْ يَسْمَعْهَا كَأَنَّ فِي أُذُنَيْهِ وَقْرًا ۖ فَبَشِّرْهُ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ ۝٧﴾

«Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o‘zgalarni) Allohning yo‘lidan ozdirish uchun va u (yo‘lni) masxara qilish uchun behuda so‘z(lar)ni sotib olur. Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir. Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, go‘yo ularni eshitmagandek, go‘yo quloqlarida og‘irlik-karlik bordek kibr-u-havo bilan yuz o‘girib ketur. Bas, unga alamli azob haqida «xushxabar» berib qo‘ying!» (Luqmon: 6).

U Zot subhanahu taolo Furqon surasida  Rahmonning bandalari sifatini bayon etib, shunday deydi:

﴿وَالَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ الزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا ۝٧٢﴾

«Ular (ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar va lag‘v (behuda so‘z yo amal) oldidan o‘tgan vaqtlarida, olijanoblik bilan (ya’ni, undan yuz o‘girgan hollarida) o‘turlar» (Furqon: 72).

Oyatdagi «Zur» kalimasi barcha turdagi munkar ishlarni o‘z ichiga oladi. Alloh taoloning «La yashhaduna» (guvohlik bermaydilar) so‘zining ma’nosi — «hozir bo‘lmaydilar», degan ma’noni ifoda qiladi.

حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ غَنْمٍ الْأَشْعَرِيُّ قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو عَامِرٍ أَوْ أَبُو مَالِكٍ الْأَشْعَرِيُّ وَاللهِ مَا كَذَبَنِي سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: «لَيَكُونَنَّ مِنْ أُمَّتِي أَقْوَامٌ يَسْتَحِلُّونَ الْحِرَ وَالْحَرِيرَ وَالْخَمْرَ وَالْمَعَازِفَ…».

Abdurrahmon ibn G‘anm Ash’ariy so‘zlab berdi: «Abu Omir [yoki Abu Molik] Ash’ariy menga hadis aytib berdi, Allohga qasamki, u menga yolg‘on gapirmadi. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitgan ekan: «Ummatimdan farjni, ipakni, xamrni va sozlarni halol sanaydigan qavmlar bo‘ladi…» (Sahihi Buxoriy, 5590).

Hadisdagi «hiro» kalimasidan murod – harom boʻlgan farjdir. «Ma’ozif» esa – sozlar, qo‘shiq va o‘yin-kulgi asboblaridir. Zero, Alloh subhanahu va taolo musulmonlarni harom ishlarga undovchi vositalarni harom qilgan. Shubhasiz, munkar filmlarni va televizorda namoyish etiladigan munkar narsalarni tomosha qilish harom ishlarga qo‘l urishga yoki haromni inkor etish zaruratiga yengil qarashga olib keluvchi vositalardan biridir. Yordam so‘raladigan zot Allohdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Ibn Boz fatvolari, 4-jild, 158-bet.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za holatida og‘iz chayishning hukmi

    Ro‘za holatida tahorat olayotganda og‘izga suv olish joizmi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?
  • Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

    Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Ro‘zadorning burni qonashi

    Ro‘zador kishining burnidan qon ketishining hukmi qanday? Chunki men shu holatga duch keldim.