Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Ogʻizni erta yopishni afzal sanash bidʼatdir
Fatvo: 12602

O'qildi: 620

18.02.2026

/ 1 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ogʻizni erta yopishni afzal sanash bidʼatdir

Savol

Baʼzi mamlakatlarda bomdoddan taxminan oʻn daqiqa oldin bir vaqt belgilangan, ular buni imsok vaqti deyishadi. Odamlar shu vaqtda ogʻizlarini yopishib, yeb-ichishdan tiyilishadi. Bu ish toʻgʻrimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu ish toʻgʻri emas.

Chunki Alloh taolo roʻzadorga tong otishi aniq boʻlguncha yeyish va ichishga ruxsat bergan. Alloh taolo aytadi:

﴿وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ

«Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb-ichaveringlar» (Baqara: 187).

عَنْ عَائِشَةَ : «أَنَّ بِلَالًا كَانَ يُؤَذِّنُ بِلَيْلٍ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ : كُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّى يُؤَذِّنَ ابْنُ أُمِّ مَكْتُومٍ، فَإِنَّهُ لَا يُؤَذِّنُ حَتَّى يَطْلُعَ الْفَجْرُ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bilol tunda azon aytar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ibn Ummu Maktum azon aytgunicha yeb-ichaveringlar. Chunki u tong otmaguncha azon aytmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1919; Sahihi Muslim, 1092).

Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Bu hadis tong otguncha (yaʼni, bomdodgacha) yeyish, ichish, jinsiy aloqa qilish va boshqa barcha narsalarning joizligini oʻz ichiga oladi». Iqtibos tugadi.

Hofiz Ibn Hajar aytadi: «Eslatma: Hozirgi davrda paydo boʻlgan munkar bidʼatlardan biri – Ramazonda bomdoddan taxminan yigirma daqiqa oldin ikkinchi azonni aytish va roʻza tutmoqchi boʻlganlarga yeyish-ichishni harom qilish alomati oʻlaroq chiroqlarni oʻchirishdir. Bu odatni joriy qilganlarning daʼvolariga koʻra, goʻyo ibodatda ehtiyotkorlik uchun shunday qilishayotgan emish!» Iqtibos tugadi («Fathul-Boriy», 4/199).

Shayx Ibn Usaymindan baʼzi taqvimlarda ogʻizni yopish bomdoddan taxminan 15 daqiqa oldin belgilangani haqida soʻralganda, u kishi shunday javob berdilar: «Bu bidʼatlardan biri boʻlib, uning sunnatda asosi yoʻq. Aksincha, sunnat buning teskarisidir. Chunki Alloh Oʻzining muborak Kitobida shunday degan:

﴿وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ

«Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb-ichaveringlar» (Baqara: 187).

Shuningdek, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: «(Bilol tunda azon aytadi). Ibn Ummu Maktum azon aytgunicha yeb-ichaveringlar. Chunki u tong otmaguncha azon aytmaydi», deganlar. Baʼzi odamlar oʻzlaricha belgilab olgan bu ogʻizni yopish vaqti Alloh azza va jalla buyurgan narsaga qoʻshimcha qoʻshish boʻlgani uchun botildir va Allohning dinida haddan oshishdir. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«هَلَكَ الْمُتَنَطِّعُونَ، هَلَكَ الْمُتَنَطِّعُونَ، هَلَكَ الْمُتَنَطِّعُونَ».

«Gʻuluvga ketganlar halok boʻldi, Gʻuluvga ketganlar halok boʻldi, Gʻuluvga ketganlar halok boʻldi», deb aytdilar» (Sahihi Muslim, 2670). Iqtibos tugadi.

Vallohu aʼlam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

4

O’xshash fatvolar

  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.