Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Endigina balogʻatga yetgan qizning qazo roʻzasi
Fatvo: 9413

O'qildi: 371

09.02.2026

/ 21 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Endigina balogʻatga yetgan qizning qazo roʻzasi

Savol

Men oʻn olti yoshli qizman, oʻn uch yoshimda hayz koʻrdim. Lekin oʻsha yili Ramazon roʻzasidan faqat yetti kun tutib, qolgan kunlari tutmadim. Ota-onam meni mukallaf emas deb oʻylab (hayz koʻra boshlaganimni bilmaganliklari sababli), menga bosim oʻtkazishmadi. Roʻza tutmagan kunlarimning qazosini tutaymi yoki nima qilay? Menga maslahat bering, Alloh sizdan rozi boʻlsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz har qanday holatda ham roʻza tutishingiz kerak, modomiki balogʻatga yetgan ekansiz. Qiz bolaning balogʻatga yetishi hayz koʻrish, yoki (jinsiy aʼzolar atrofida) tuk chiqishi, yoki ehtilom boʻlish, yoki homilador boʻlish bilan sodir boʻladi. Hayzning kelishi balogʻat sabablaridan biridir. Demak, siz balogʻatga yetgan va mukallafsiz. Ramazon oyi roʻzasini tutishingiz shart. Tutmagan oyingizning qazosini har qanday holatda ham oʻtashingiz vojib. Sizning zimmangiz faqat qazoni tutish va tavba qilish bilan soqit boʻladi, chunki siz ogʻzingizni ochgan paytingizda mukallaf edingiz. Oilangiz sizga nisbatan beparvolik qilib xato qilgan. Siz yosh bola emassiz va bu kamchilik uchun tavba qilishingiz kerak. Vallohu aʼlam.

Manba: Shayx Abdulloh ibn Humayd fatvolaridan, 176-bet.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Taroveh va qiyom namozlari o‘rtasida farq bormi?

    Qiyom va taroveh namozlari o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.
  • Ro‘za fidyasi beriladigan miskin kim?

    Alloh taolo Baqara surasida roʻza tutishga qodir boʻlmagan kishilar: «…bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim», deydi. Bu miskinning balog‘atga yetishi va mukallaf (shar’iy majburiyatlar yuklangan) bo‘lishi shart qilinadimi? Agar inson o‘ttizta miskinni taomlantirmoqchi bo‘lsa, miskinning farzandlari va qaramog‘idagilar ham shunga kiradimi? Taom o‘rniga pul bersa kifoya qiladimi? Taomlantirish qanday o‘lchovda hisoblanadi?
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutib, ro‘zani yana davom ettirish

    Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tugatib, ro‘zani davom ettirishning hukmini bilmoqchiman. Zimmamdagi ro‘zaning qazosini tutdim, so‘ngra Shavvolning olti kunlik ro‘zasini tutdim. Keyin turmush oʻrtogʻim nafl sifatida ro‘zani davom ettirishimizni taklif qildi. Buning shariatdagi hukmi qanday?Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Qasam kafforati uchun shavvol oyining olti kunida ro‘za tutish

    Allohga qasam ichish borasida savolim bor. Men Allohga falon joyga bormaslikka qasam ichdim, lekin bir haftadan keyin o‘sha joyga bordim va Shavvolning olti kunida uch kun ro‘za tutishga qaror qildim, bu qasam uchun kafforat hisoblanadimi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’dada tutish hukmi

    Agar kishi shavvolning olti kunlik ro‘zasini zulqa’da oyida tutsa, hadisda zikr qilingan xos ajrga erishadimi?
  • Shavvolning ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutish

    Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasining savobiga erishish uchun Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasini dushanba va payshanba kunlari tutishim joizmi?