Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzani buzadigan narsalar » Hushdan ketish roʻzani buzadimi?
Fatvo: 9245

O'qildi: 410

09.02.2026

/ 21 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Hushdan ketish roʻzani buzadimi?

Savol

Bir kishi roʻzador holida hushidan ketib qoldi, uning roʻzasi buziladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Imom Shofeʼiy va Imom Ahmad mazhablariga koʻra, Ramazonda hushidan ketgan kishi ikki holatdan birida boʻladi:

Birinchisi:

Butun kun davomida hushidan ketib yotish, yaʼni tong otmasdan oldin hushdan ketib, quyosh botganidan keyin oʻziga kelish.

Bunday holatda uning roʻzasi sahih boʻlmaydi va u Ramazondan keyin bu kunning qazosini tutishi vojibdir.

Roʻzasi sahih emasligiga dalil shuki, roʻza – qalbdagi niyat bilan roʻzani buzuvchi narsalardan tiyilishdir. Chunki Alloh taolo hadisi qudsiyda roʻzador haqida aytadi:

«…يَتْرُكُ طَعَامَهُ وَشَرَابَهُ وَشَهْوَتَهُ مِنْ أَجْلِي…»

 «(Bandam) taomi, ichimligi va shahvatini Meni deb tark qiladi…» (Sahihi Buxoriy, 1894; Sahihi Muslim, 1151).

Alloh taolo tark etishni roʻzadorga nisbat berdi, hushidan ketgan kishiga esa tark etish nisbat berilmaydi.

Unga qazo vojibligiga dalil esa Alloh taoloning quyidagi soʻzidir:

﴿وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ

«Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi» (Baqara: 185).

Ikkinchisi:

Agar kishi kunning bir qismida – hatto bir lahzaga boʻlsa ham hushiga kelsa, uning roʻzasi durust hisoblanadi. Bu hol kunning boshida, oxirida yoki oʻrtasida sodir boʻlishidan qatʼi nazar.

Imom Navaviy rahimahulloh ulamolarning bu masaladagi ixtiloflarini zikr qilib aytadi:

«Eng sahih qavl: kunning bir qismida oʻziga kelishi shart qilinadi».

Yaʼni, hushidan ketgan kishining roʻzasi sahih boʻlishi uchun kunning bir qismida oʻziga kelishi shart.

Kunning bir qismida hushiga kelgan kishining roʻzasi sahih ekanligiga dalil shuki, u umumiy maʼnoda roʻzani buzadigan narsalardan tiyilgan boʻladi («Ibn Qosimning Ravzul Murbiʼga hoshiyasi», 3/381).

Javobning xulosasi:

Agar kishi butun kun davomida – yaʼni tong otganidan quyosh botgunicha – hushidan ketsa, uning roʻzasi sahih boʻlmaydi va unga qazo vojib boʻladi.

Agar kunning biror qismida oʻziga kelsa, roʻzasi sahih boʻladi. Bu Shofeʼiy va Ahmad mazhabi boʻlib, shayx Ibn Usaymin rahimahulloh ham shu soʻzni ixtiyor qilganlar.

Qarang: «al-Majmuʼ» (6/346), «al-Mugʻniy» (4/344), «ash-Sharh al-Mumtiʼ» (6/365).

Vallohu aʼlam.

Manba: Islomiy savol-javoblar

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za holatida og‘iz chayishning hukmi

    Ro‘za holatida tahorat olayotganda og‘izga suv olish joizmi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?
  • Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

    Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?
  • Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

    Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?