Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 8652

O'qildi: 543

04.02.2026

/ 16 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Roʻzadorning ukol olishi

Savol

Ramazon oyining kunduz kunlari, xoh ozuqa uchun, xoh davolanish uchun ukol olishning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ramazon oyida roʻza tutgan kishi kunduz kuni davolanish maqsadida mushak orasiga yoki tomirga ukol olishi joizdir. Biroq, roʻzador kishi uchun ozuqaviy ukollar qabul qilish man etiladi, chunki bu yeyish va ichish hukmidadir. Bunday ukollarni olish roʻzani buzishga hiyla hisoblanadi. Agar mushak orasiga va tomirga ukollarni kechasi olish imkoni boʻlsa, shunday qilgan afzalroqdir. Tavfiq Allohdandir.

Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar boʻyicha Doimiy Qoʻmita, 10/252

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

5

O’xshash fatvolar

  • Ro‘za holatida og‘iz chayishning hukmi

    Ro‘za holatida tahorat olayotganda og‘izga suv olish joizmi?
  • Ehtilom bo‘lish ro‘zani buzadimi?

    Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?
  • Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

    Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?
  • Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

    Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?