Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi
Fatvo: 183

O'qildi: 160

May 30, 2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi

Savol

Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi hukmi qanday? Amerikada uch qavatli bir masjid bor: yuqori qavati ayollar uchun namozxona, ostidagi qavat asosiy namozxona, undan pastda esa (podval) tahoratxonalar, islomiy jurnal va gazetalar uchun joy, ayollar uchun oʻquv sinflari va namoz oʻqish joyi mavjud. Hayz holatidagi ayollar ushbu pastki qavatga kirishi joizmi? Shuningdek, masjidda qatorlarni ajratib turgan bir ustun bor. Bu ustun safni ikkiga boʻladimi yoki safni uzmaydimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar ushbu bino masjid sifatida qurilgan blsa va yuqori hamda pastki qavatdagilar imomning ovozini eshitishsa, hammalarining namozi durust bladi. Ammo hayzli ayollarga pastki qavatdagi namoz uchun ajratilgan joydatirish joiz emas, chunki u joy masjid hukmida bladi. Payambar sollallohu alayhi vasallam:

فَإِنِّي لَا أُحِلُّ الْمَسْجِدَ لِحَائِضٍ وَلَا جُنُبٍ

 «Men masjidni hayzli ayolga va junubga halol qilmayman», dedilar (Abu Dovud, 232). Ammo ayol kishi faqat zarur buyumlarini olish uchun masjiddantadigan blsa va qon oqmasligi uchun ehtiyotini olsa, buning zarari yoʻq. Chunki Alloh taolo aytadi

﴿ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغۡتَسِلُواْۚ

«Shuningdek, junub holingizda to gʻusl qilib poklanmaguncha namozga va masjidlarga yaqinlashmang. Faqat masjid ichidan oʻtib ketayotgan, uning bir eshigidan kirib, boshqa eshigidan chiqib ketayotgan kishi bundan mustasnodir» (Niso, 43).

عن عَائِشَةَ أُمِّ المُؤْمِنِينَ قاَلَتْ: قالَ لِي رَسولُ اللهِ : ناوِلِينِي الخُمْرَةَ مِنَ المَسْجِدِ، قالَتْ فَقُلتُ: إنِّي حائِضٌ، فقالَ: إنَّ حَيْضَتَكِ ليسَتْ في يَدِكِ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddan turib menga xumrani uzatishni buyurgan edilar, «Men hayzliman», dedim. U zot: «Hayzing qoʻlingda emas ku», dedilar» (Muslim, 298).

Agar pastki qavat masjid sifatida emas, balki savolga kra ombor va boshqa ehtiyojlar uchun mljallangan blsa, u holda bu joy masjid hukmida blmaydi. Hayzli yoki junub odamlarning bu joydatirishi joiz blib, hojatxonalarga qoʻshilmagan toza joylarda namoz oʻqishi mumkin, chunki bu joy namoz oʻqish taqiqlangan joylardan emas. Biroq bu joyda namoz oʻqigan kishi imomni krmasa yoki boshqa maʼmumlarni krmasa yuqoridagi imomga ergashmasligi kerak, chunki bu joy sahih qavlga kra masjidga tegishli blmaydi.

Safni ikkiga bluvchi ustunga kelsak, bu namozga zarar qilmaydi. Ammo imkon blsa, saf ustunning oldida yoki ortida blishi afzal. Shunda namoz mukammalroq bladi. Allohningzi toʻgʻri yl krsatuvchidir!

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Jannatda ayollarga nima beriladi?

    Bir ayol soʻramoqda: Men Allohga va Uning kitobiga to‘liq iymon keltiraman. Rabbimga hamdlar bo‘lsinki, U Zotga bo‘lgan iymonim kundan-kunga ortib bormoqda… Savolim shuki: Qur’oni Karimda erkaklarga Jannatning in’omi va go‘zal, pokiza hurlar takror-takror tilga olinadi. Ko‘pchilik Islomni erkaklar ustunligi dini deb aytadilar. Nima uchun ayollar uchun Jannat in’omi zikr etilmagan?
  • Hadisning hujjat ekaniga shar’iy dalillar

    Bizlar sunnatga ergashishimiz kerakmi yoki faqat Qur’onga ergashish kifoyami? Shuningdek, musulmon kishi ma’lum bir mazhabga ergashishi shartmi?
  • Aroq va musiqali ziyofatlarga borish hukmi

    Musulmon kishi spirtli ichimliklari bor ziyofatga borishi joizmi? Men armiyadaman, bu yerda raqsli ziyofat boʻlib oʻtmoqda. Men komandirga musiqa va spirtli ichimliklar sababli bu bazmga bormasligimni aytdim. U menga: «Spirtli ichimlik ichmasdan, ziyofatning oʻziga qatnashaverasan», dedi. Buning hukmi va dalili nima boʻladi?
  • Ayollar o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar

    Bir ayolning boshqa ayolga ayriliqqa chiday olmaydigan darajada muhabbat qoʻyishining hukmi nima?
  • Kechiktirilgan to‘lov jarimalari

    Savolim telefon hisoblarini to‘lash hamda oliygohning to’lov kontraktlari bilan bog‘liq. Agar telefon hisobini to‘lashni kechiktirsam, hisob summasiga ma’lum bir foiz qo‘shiladi. Agar yana bir kechiktirsam, (umumiy hisobvaraq summasiga) xuddi shu foiz yana qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha toʻlovlar riboga kiradimi? Agar unday bo‘lmasa, bu qo‘shimcha mablag‘larni to‘lash harommi?
  • Diniy bayramlar

    Islom dinidagi bayramlar va diniy tantanalar haqida ma’lumot berishingizni so‘rayman.